Breaking News

Eron yadro dasturi bo'yicha muzokaralar aprelda davom etadi


Eron yadro dasturi bo'yicha xalqaro muzokaralar, Almaty, Qozog'iston, 26-fevral, 2013-yil
Eron yadro dasturi bo'yicha xalqaro muzokaralar, Almaty, Qozog'iston, 26-fevral, 2013-yil
Almatida Eron yadro dasturi bo’yicha muzokara qilgan davlatlar diplomatlari uchrashuvlar samarali o’tganini aytib, muloqotni davom ettirishga kelishib oldi. Eron bosh muzokarachisi Said Jaliliyning aytishicha, P5+1 guruhi bu safar ancha amaliy takliflar bilan chiqqan.

Guruhga Rossiya, AQSh, Fransiya, Xitoy, Britaniya va Germaniya kiradi. Eronga uran boyitish jarayonini qisqartirish evaziga sanksiyalarni yumshatish taklif qilingan.

Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo’yicha mas’ul rasmiysi Ketrin Eshton Tehron guruh takliflarini ko’rib, qabul qiladi degan umidda.

“Eron yadro dasturining tinch maqsadlarda qo’llanilishini istaymiz”, - dedi Eshton.

Tomonlar kelasi oy Istanbulda ekspertlar darajasida uchrashishga kelishib oldi. Aprel boshida esa muzokarachilar Almatiga qaytib, muloqotni davom ettiradi.

Atom energiyasi bo’yicha xalqaro boshqarma ma’lumotiga ko’ra, Eron uranni boyitish uchun Natans yadro zavodida yangi avlod sentrifugalarini o’rnatishni boshlagan. G’arb xavotiriga ko’ra, Tehron yadro quroli ustida ishlayotgan bo’lishi mumkin.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG