Breaking News

Xalqaro Amnistiya Saudiya Arabistoni, ittifoqchilarini Yamanda harbiy jinoyatlarda aybladi


Sano, Yaman
Sano, Yaman

Inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi Xalqaro Amnistiya tashkiloti Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi koalitsiyani Yamanda harbiy jinoyat sodir etganlikda ayblamoqda. Koalitsiya kuchlari hujumlari natijasida yuzlab oddiy fuqarolarning o'lgani aytilmoqda.

Guruh vakiliga ko'ra, joriy yilning may va iyul oylari o'rtasida Sa'da shahri 13 bor havodan nishonga olinib, 100 odam, jumladan 59 bola o'lgan. Yaqinda esa 10 kun ichida ikki bor to'y marosimi nishonga olinib, o'nlab odam jon bergan.

Koalitsiya o'tgan yili hukumatni ag'dargan shia hutiylarga qarshi kurashmoqda.

Rasha Muhammadning aytishicha, Xalqaro Amnistiya AQSh va boshqa davlatlarni koalitsiyaga kirgan barcha mamlakatlarga qurol uzatishni to'xtatishga hamda xalqaro hamjamiyatni urush jinoyatlarini tergov qilishga chaqirdi.

Koalitsiyaga to'qqiz arab davlati kiradi va uni AQSh qo'llab-quvvatlaydi. Hutiylar o'tgan yili Prezident Abdu Rabbo Mansur Hadini hokimiyatdan ag'darib, poytaxt Sanoni egallab olgan edi. Hadi Saudiya Arabistoniga qochgan.

Koalitsiya havo hujumlarida Yamanda 5000 atrofida odam o'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG