“Vashington Post” gazetasi AQSh hukumati terrorga qarshi urushga doir yangi siyosati bo’yicha ishni yakunlash arafasida ekani haqida xabar qilmoqda. Oq uy bu ma’lumotni hozircha tasdiqlamayapti, lekin inkor etgani ham yo’q. Maqolaga ko’ra, prezident Barak Obama hujjatni hali ko'rgani yo'q.
“Vashington Post” gazetasi bu ma’lumotni hukumatdagi manbalaridan olganiga ishora qilmoqda. Unga ko’ra, hujjat terrorchilikda gumon qilinayotgan odamlarni, jumladan xorijdagi Amerika fuqarolarini nishonga olish shartlari va huquqiy prinsiplarini belgilaydi.
Kim nishonga olinadi, ularning ro’yxati qanday tuziladi, terrorizmga aloqador AQSh fuqarolarini o’ldirish uchun qanday huquqiy asos keltiriladi, pilotsiz havo hujumlariga ruxsat olish uchun qaysi idoralar imzosini qo’yish kerak – bularning barchasini yangi qoidalar majmui belgilaydi.
Gazetaning bildirishicha, Pokistonda Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan al-Qoida va toliblarga qarshi amalga oshirilayotgan havo hujumlari bu qoidalardan ma’lum payt istisno bo’lib, 2014-yilgacha, AQSh qo’shinlari Afg’onistonni tark etgunga qadar davom etishi mumkin.
Aksil-terror qoidalar majmui matbuotda nashr etilmasligi mumkin, deydi gazeta.
Oq uy matbuot kotibi Jey Karni matbuot brifingida hujjat haqida ma’lumot berishdan bosh tortdi. Uning aytishicha, prezident Obama al-Qoida va unga aloqador guruhlarga qarshi kurashni davom ettirish rejasida qat’iy.
"Prezident Amerika va amerikaliklar hamda ittifoqchilarimiz xavfsizligini ta’minlash uchun barcha choralar ko’rilishi zarurligini aytdi. Biroq Obama bu ish qadriyatlarimiz va qonunlarimiz doirasida yuritilishi muhimligiga urg’u berdi", - dedi Karni.
2009-yilda Obama prezident bo’lganidan beri Qo’shma Shtatlar Pokiston va Yamanda pilotsiz samolyotlar vositasida jangarilarga qarshi havo hujumlarini oshirdi.
Mustaqil tahlilchi Metyu Eydning aytishicha, terrorga qarshi siyosat va qoidalar bir necha bor qayta ko’rib chiqilib, hukumatning tegishli doiralarida qizg’in munozaralarga sabab bo’lmoqda. Ekspert Pokistondagi havo hujumlariga doir qoidalardan chekinish bo’lmaydi, degan umidda.
"Uchuvchisiz samolyotlar AQSh hukumatining terrorchilarni topishda va yo’q qilishdagi eng asosiy qurolidir. Agar bu usul terrorga qarshi doktrinadan chiqarilsa, amaliyot muhim komponentdan ayriladi", - deydi ekspert.
Milliy razvedka xizmatining sobiq rahbari Dennis Bleyrning aytishicha, bu kabi maxfiy havo hujumlari Obama ma’muriyati uchun o’ziga yarasha muammolar tug’dirgan.
"Pokiston hukumatining terror tahdidlarini nazorat qilishi uzoq muddatda qiyinlashadi", - deydi u.
Tashqi aloqalar qo’mitasi tahlil markazining xodimi Mika Zenkoning aytishicha, agar yangi qoidalar Pokistondagi amaliyotlarni o’z ichiga olmasa, ulardan foyda bo’lmaydi.
"Qo’shma Shtatlar 2001-yil 11-sentabridan beri jang maydonidan tashqarida amalga oshirgan maxsus operatsiyalarining 85 foizi Pokistondagi amaliyotlarga to’g’ri keladi", - deydi Zenko.
Oq uy matbuot kotibi Jey Karnining aytishicha, al-Qoidaga qarshi erishilgan yutuqlarga qaramay unga aloqador guruhlar tahdidi hali ham mavjud. Terrorga qarshi siyosatning yangi bosqichida bu inobatga olinadi, deydi u.