Amerikaning eng yirik kompaniyalaridan biri "Apple" boshqaruvchilari Kongressda so’roqqa tutildi. Qonunchilarni Apple ning ofshor kompaniyalar bilan aloqalari qiziqtirdi.
Ular nazarida "Apple" jahon bo’ylab savdosidan tushgan daromaddan soliq to’lamaslik uchun ofshor zonada ishlagan. Gap milliardlab dollar haqida ketmoqda. Kompaniya rahbari Amerika soliq kodeksidagi kamchiliklarga ishora qilib, qonunni buzmaganmiz, demoqda.
"Apple" ning xay-tek mahsulotlaridan jahon bo’ylab hamma miriqib qo’llanadi, dedi Kongressdagi tergovlar bo’yicha quyi qo’mitada o’tgan tinglovda demokrat senator Karl Levin.
“Jahon bo’ylab millionlar kabi men ham cho’ntagimda ayfon olib yuraman”, - dedi Levin.
Qonunchiga ko’ra, kompaniyaning muvaffaqiyatli biznes modelida daromadni soliqdan saqlash texnologiyasi ham o’rin olgan.
“Apple" soliq to’lamaslikning yo’lini topganday. Unga ko’ra, ofshor korporatsiyalar qayerdan bo’lmasin, soliq to’lamaydi”.
Senator Levinning aytishicha, AQSh kompaniyalarining ofshordagi daromadlari bir trillion dollardan oshiq bo’lib, davlatga zarar keltirmoqda.
“Bu bilan "Apple" soliq to’lashni boshqa fuqarolarga yuklab qo’ygan, jumladan ishchi oilalar va kichik biznesga. Kamroq soliqning tushgani esa byudjet kamomadini kuchaytiradi”, - dedi u.
Respublikachi senator Jon Makkeyn ham bunday holatdan tashvishda.
“Apple" soliqlarning barchasini to’lamagani yetmaganidek, mujmal va zararli strategiyasi orqali boshqa mamlakatlarda ham soliqdan qochishga muvaffaq bo’layotganiga aql bovar qilmaydi”.
"Apple" rahbari Timoti Kuk kompaniya siyosatini himoya qildi.
“To’lash kerak bo’lgan barcha soliqlarni har bir dollarigacha to’lab kelamiz. Qonunlarga hamisha amal qilamiz. Soliq to’lamaslik uchun hech bir ayyorlik qilganimiz ham yo’q”.
Kuk nazarida AQSh soliq kodeksi juda mujmal bo’lib, uni isloh qilish zarur, garchi bundan keyin "Apple" ko’proq soliq to’lashi kerak bo’lsa ham.
“Bizneslar uchun soliqlarni soddalashtirish zarur. Islohot natijasida korporativ soliq xarajatlarini yo’q qilib, bizneslar uchun soliq stavkalarini tushirish, Amerika kompaniyalarining xorijda olgan daromadiga me’yorida soliq belgilab, kapitalning AQShga erkin qaytishiga imkon yaratish lozim”.
Ayrim respublikachi senatorlar "Apple" rahbarlarining Kongressda so’roqqa tutilishini tanqid qildi. Senator Rend Pol shular jumlasidan.
“Yiliga to’rt trillion dollar sarflovchi hukumat Amerikaning muvaffaqiyatli kompaniyalaridan biriga bunday tarzda hujum qilayotganidan tashvishdaman. "Apple" ni emas, bunday soliq tizimini ishlab chiqqan Kongressni so’roqqa tutish kerak”, - dedi u.
Biroq senator Levin "Apple" ga nisbatan tanqidni susaytirmadi.
“Apple" buyuk kompaniya ekanini tan olaman, biroq hech qanday kompaniya qancha soliq to’lashi, daromadining qanday qismini ofshorda saqlashi kerakligini hal qilishga haqqi yo’q”.
Qo’shma Shtatlar bizneslarga eng yuqori soliq soluvchi davlatlardan hisoblanadi. Korporativ soliq stavkasi 35 foizga teng. Biroq qonundagi ayrim bo’shliqlar va imtiyozlar yirik kompaniyalarga daromadining bir qismidan soliq to’lamaslik imkonini beradi. Islohot tarafdorlari korporativ soliq stavkasini tushirib, bo’shliqlarni yopishga, soliq kodeksini soddalashtirishga chaqirmoqda.