Breaking News

Ilg'or texnologiya Kaliforniya uchun iqtisodiy tayanch


"Google" internet kompaniyasi Kaliforniyada joylashgan
"Google" internet kompaniyasi Kaliforniyada joylashgan

Amerikaning yirik shtatlaridan biri – Kaliforniya 2008-2009 yillarda kuzatilgan iqtisodiy krizis asoratlaridan haligacha tuzalmagan.

Ishsizlik bu mamlakatda o’rta hisobda 9 foiz bo’lsa, Kaliforniyada bu ko’rsatkich 12 foizga teng. Ayniqsa ko’chmas mulk bozori xarob ahvolda. Biroq qator sanoatlar sekin-asta jonlanmoqda.

Texnologiya kompaniyalari Kaliforniya kelajagi, deydi mutaxassislar
Texnologiya kompaniyalari Kaliforniya kelajagi, deydi mutaxassislar

Krizisdan qiynalgan bo’lsada, Kaliforniya iqtisodiyoti hamon baquvvat. Butun boshli davlatlar bilan tenglasha oladi. Hajmi jihatdan dunyoda sakkizinchi o’rinda.

Xalqaro savdo izga tusha boshlagani ijobiy yangilik. Los-Anjelesda biznesni rivojlantirish korporatsiyasi vakili, iqtisodchi Nensi Siduning aytishicha, texnologiya sohasi ham gurkirab o’smoqda.

Kaliforniya ilmiy tadqiqot va texnologik markazlari bilan tanilgan
Kaliforniya ilmiy tadqiqot va texnologik markazlari bilan tanilgan

“Internetda har kuni bir kashfiyot. Mobil telefonlar uchun yangi programmalar, ommabop saytlarni aytmaysizmi",- deydi mutaxassis.

Apple, Google va ularga ergashayotgan boshqa kompaniyalarga iqtidorli odamlar kerak.

Amerika iqtisodiyoti ko’p jihatdan iste’molchi va uning xarid quvvatiga tayanadi. Chakana savdoda gap ko’p.

Kaliforniya qishloq xo'jaligi nafaqat Amerika balki dunyodagi eng yiriklaridan
Kaliforniya qishloq xo'jaligi nafaqat Amerika balki dunyodagi eng yiriklaridan

Los Anjeles shahrida tadbirkorlik qiluvchi Liang Liang deydiki, hozir xomashyo qimmat va mahsulotga talab past.

Paxtadan qilingan futbolkalar narxi, deydi u, yil boshidan beri 25 foizga oshdi.

Kaliforniyada odamlar vaqtincha bo’lsa ham ishga joylashyapti.

Professional xizmatlarga talab oshgan, huquqshunos va hisobchilarning bozori chaqqon.

Ilg'or texnologiya Kaliforniya uchun iqtisodiy tayanch
Ilg'or texnologiya Kaliforniya uchun iqtisodiy tayanch

Gollivud, Amerika kino sanoati markazi ham ulkan daromad manbai. Yiliga yuzlab ming kishini ish bilan ta'minlaydi.

Informatsion texnologiyalar vatani shu yer. Bu sektorga kiritilayotgan milliardlab dollar sarmoyadan Kaliforniya katta daromad oladi.

Lekin 10 milliard dollarga teng byudjet kamomadini yopish hazil gap emas. O’qituvchilar, davlat xizmatchilari ishidan ayrilishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG