Bugun Falastinning marhum prezidenti Yosur Arofatning qabri qo’shimcha ekspertiza uchun ochildi. Isroil Arofatni kimyoviy modda bilan zaharlagan degan taxmin bor.
Yil boshida Shveysariya laboratoriyasida o’tkazilgan analiz paytida arbobning kiyimida radioaktiv plutoniy moddasi qoldiqlari topilgani ayon bo’lgach, Fransiya prokuraturasi tergov ishini qayta ochishga qaror qildi.
Arofat 2004-yilda xastalikka uchrab, Parij kasalxonasida vafot etgan. Taxminlarni tekshirishning birdan-bir yo’li uning qoldiqlaridan namuna olib, ekspertiza o’tkazish edi. Marhumning rafiqasi bunga rozi bo’lgach, Ramallohdagi qabr bugun ochildi va shu bugunoq Arofatning xoki qayta dafn etildi.
Namunalar Fransiya, Shveysariya, Rossiya va Falastin ekspertlariga ulashildi. Ular ekspertizani mustaqil ravishda o’tkazadi.