50 yil oldin Orol dengizi dunyoning to’rtinchi yirik ko’li bo’lgan. Biroq bugun uning aksariyat qismi cho’lga aylangan, ekologlar dengiz qoldiqlarini saqlab qolishga urinmoqda.
Sovet Ittifoqining mintaqada xato irrigatsiya siyosati tufayli dengiz suvi qurib, atrof cho’l zonasiga aylangan.
Orol bo’yidagi Mo’ynoq shahri cho’l qurshovida qolgan, qurg’oqchilik esa muammoga muammo qo’shmoqda.
Mahalliy olimlar ko’lni tiklab bo’lmasligini yaxshi tushunadi, ammo atrof-muhitni yaxshilash kerakligini aytadi.
“Maqsadimiz Mo’ynoq rayonidagi ekologik vaziyatni yaxshilash. Talabalarimiz daraxtlar ekmoqda. Bugun olxo’ri, uzum, olma, o’rik, olcha ekyapmiz”, - deydi Qoraqalpog’iston davlat universitetidan Yoqub Ahmedov.
Orol dengizining suvsiz hududlarida zaharli tuzlarning havoga ko’tarilishini oldini olish maqsadida talabalar sho’rga chidamli daraxt ko’chatlari va saksovullar ekib, o’rmonzorlar barpo etmoqda.
“O’tmishda 5-10 ming gektar maydonga daraxt ekkan edik, ammo so’nggi uch oyda 500 ming gektar yerni o’rmonzorlashtirdik. Kuzda ham bu ishni davom ettirib, bir million gektar maydonga daraxt ekmoqchimiz. Bu dengizning cho’lga aylangan hududining salkam uchdan birini tashkil etadi”, - deydi Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasidan Vadim Sokolov.
Kelasi bir necha yilda hududning 10 ming kvadrat metri daraxtlar va saksovullar bilan qoplanishi rejalangan.
Facebook Forum