Breaking News

Arktikani o'zlashtirish bo'yicha raqobat kuchaymoqda


Arktika- raqobat maydoni
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:25 0:00

Arktika- raqobat maydoni

Yer yuzining eng shimoliy nuqtasi bo’lgan Arktikada yangi geosiyosiy o’yin boshlanayotganga o’xshaydi. Rossiya allaqachon bu yerda katta hududlarning egasidir. AQSh ham yaqinda o’z nazorati ostidagi yerda “Shell Oil” kompaniyasiga qazish ishlarini olib borishga ruxsat berdi. Shimoliy qutb energiya zaxiralariga boy, ammo uning qiymati faqat bunda emas.

Arktika nefti, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:59 0:00

Rays universiteti professori Bill Arnold yaqinda Alyaskaga uyushtirgan navbatdagi baliqchilik ovidan qaytdi.

“Bunaqa joyni faqat o’sha yerda ko’rganman. Alyaska go’zalligi saqlanib qolishini juda xohlayman”, - deydi u.

“Shell” kompaniyasining sobiq rahbari sifatida u tabiatga zarar yetkazmasdan turib zaxiralarni o’zlashtirish mumkin degan fikrda. Tabiat himoyachilari esa Arktika kabi tabiiy resurslarga boy hududlarda neft sanoati yangi loyihalar boshlashiga qarshi.

Global isish oqibatida Arktika muzliklari erib bormoqda. Bunga ko’mir va neft yonishidan chiqadigan zaharli gazlar asosiy sabab deya ko’riladi.

“Dunyoda hali ochilmagan neft va gaz zaxiralarining 25 foizi Arktikada”, - deydi Rays.

Arktika hududining qariyb yarmi Rossiyaniki. Federatsiya uchun bu yerlar muhim xom-ashyo manbai.

“Ularning qarashi shuki, an’anaviy resurslar kamayib borar ekan, yangi manbalarni topish kerak va bu yer dunyoning eng ulkan zaxiralariga ega”, - deydi professor.

Rossiya Qrimni egallab olgach, G’arb sanksiyalariga uchragan davlatning Arktikada olib borayotgan tadqiqot ishlari sekinlashdi. Chunki ko’plab xalqaro kompaniyalar Rossiya bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi.

Bill Arnoldga ko’ra, Arktikada boshqa strategik maqsadlar ham bor. Rossiyaning harbiy bazalari soni ham oshib bormoqda, deydi u.

Arktika suvlari muzdan xoli bo’lgan payt boshqa davlatlar ham tadqiqot loyihalarini amalga oshirmoqda.

“Hududning haqiqiy salohiyati hali ma’lum emas va tekshirilmagan. Buni bilish uchun mintaqani o’rganib chiqish muhim”, - deydi Arnold.

Professorga ko’ra, “Shell” olib borayotgan qazish ishlari o’z samarasini berishi uchun yetti yildan 10 yilgacha vaqt ketadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG