Breaking News

"Atlantis" oxirgi marta samoga ko'tarildi


Kennedi fazo markazi, 8 iyul 2011
Kennedi fazo markazi, 8 iyul 2011

AQShning “Atlantis” kemasi ichida to'rt fazogir bilan kecha oxirgi bor samoga ko’tarildi. Kema 12 kunlik missiya bilan Xalqaro fazo stansiyasiga uchdi. Maqsad u yerga zarur vositalar yetkazish. Shu bilan "Atlantis' ning umri bitadi.

"Atlantis"da uchgan fazogirlar
"Atlantis"da uchgan fazogirlar

U 1985 yildan beri xizmatda edi. Kaliforniya shtatida ishlab chiqarilgan. 32 bor parvoz qilgan, orbitani 4600 marta aylangan,

Raketaning so’nggi parvozini tomosha qilish uchun Florida shtatidagi Kennedi kosmik markaziga yuzlab amerikaliklar keldi.

"Atlantis" oxirgi marta samoga ko'tarildi
"Atlantis" oxirgi marta samoga ko'tarildi

"Bu dunyodagi eng go’zal manzara bo’lsa kerak… Raketa qushdek ko’tarilib, uchib ketdi”, - Stiven Bak ismli muxlis.

“Har safar fazo kemalarini ko’rish uchun kelaman. Bugun 30-marta, lekin har biri o’ziga xos bir fusunkor, insonni g’urur va umidga to’ldiradigan voqea”.

Raketa yonilg'i bakidan ajralmoqda
Raketa yonilg'i bakidan ajralmoqda

Stiven Bak fikricha “Atlantis” va boshqa savomiy kemalar, kosmik tadqiqotlar odam istasa nimaga qodir ekani, uning aqli va salohiyati naqadar buyuk ekanini eslatadi.

Bu notinch va beqaror dunyoda bir lahza to’xtab, shu haqda ham o’ylab turish, lazzat olish kerak, deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG