Breaking News

Ozarbayjon AQShdan norozi. Geyts Bokuni tinchlantirishga urinmoqda


Ozarbayjon berayotgan ko'plab yordami evaziga Amerikadan unga tegishli masalalarda yetarlicha yordam va diqqat olmayotganidan nolimoqda.

Ozarbayjon Qo'shma Shtatlar unga yetarlicha e'tibor qaratmayotganidan norozilik bildirgach, AQSh Mudofaa vaziri Robert Geyts Ozarbayjonga safar qilib, rasmiy Bokuni tinchlantirishga urinmoqda. Kecha Geyts Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyevga prezident Barak Obama maktubini topshirgan.

Ozarbayjon orqali AQShning Afg'onistondagi missiyasi uchun tonnalab jihozlar va qo'shinlar o'tadi. Jami koalitsiya uchun yuborilayotgan noharbiy mahsulotlarning chorak qismi - oziq-ovqat, suv, yonilg'i va qurilish materiallari Afg'onsitonga Ozarbayjon orqali o'tadi.

Rasmiy Boku nazarida Qo'shma Shtatlar Ozarbayjondan o'z maqsadlarida foydalanmoqda, ammo unga tegishli masalalarni hal etishga kelganda sustkashlik qilmoqda. Xususan Tog'li Qorabog' masalasida. Qo'shma Shtatlar mojaroni hal qilishda vositachilik roliga ega Minsk Guruhi a'zolaridan biri. So'nggi yillarda masala bo'yicha olga' siljish kuzatilmagan.

Bundan tashqari mahalliy rasmiylar nazarida Qo'shma Shtatlar Ozarbayjon havo hududidan foydalanib, ikki million dollar qarzni haligacha uzmagan. Geyts qarzni yopishga va'da berib, tez kunlarda Bokuga AQShdan yuqori rasmiylar tashrif buyuradi, deya ishontirgan.

Pentagon harbiy maqsadlarini amalga oshirishda nodemokratik davlatlar bilan hamkorlik qilib, inson huquqlari va demokratiya masalalarini chetga surib qo'yayotganlikda tez-tez tanqid qilinadi, biroq vazir Geytsning aytishicha, bu yanglish xulosa.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG