Breaking News

Ozarbayjonda mustaqil jurnalist 7,5 yilga qamaldi


Xadicha Ismoilova vatanidagi yulg'ichlik hollarini fosh etib tanilgan
Xadicha Ismoilova vatanidagi yulg'ichlik hollarini fosh etib tanilgan

Ozarbayjonda korrupsiya va yulg'ichlikka doir mavzularni yoritib tanilgan jurnalist Xadicha Ismoilova soliqdan bo'yin egish va moliyaviy firibgarlik ayblovlari bilan 7,5 yilga qamaldi.

Ismoilova ishlagan "Ozodlik" radiosi va "Amerika Ovozi" teleradiosini boshqaruvchi AQSh xalqaro teleradio kengashi sudni adolatsiz deb atab, hukmni qoralamoqda. Jurnalist begunoh, u darhol ozod etilishi kerak, deya talab qilmoqda bu agentlik.

Inson huquqlari tashkilotlariga ko'ra, jinoiy ish ortida siyosiy sabablar bor. Muxbirning advokati hukmni apellyatsiya qilishini bildirgan.

Kechagi mahkamada Ismoilova Ozarbayjon hukumatini "qatag'on mashinasi" deb atagan. Uning sudda aytishicha, Prezident Ilhom Aliyev davlat byudjetini o'zlashtirib, oila a'zolari undan foyda ko'rmoqda.

Xadicha Ismoilova 2014-yil dekabrida sobiq hamkasbini o'z joniga qasd qilishga majburlash aybi bilan hibsga olingan edi. Keyinchalik da'vogar da'vosidan qaytganiga qaramay, unga yangi ayblovlar qo'yildi.

Muxbir 2012-yilda Xalqaro ayollar matbuoti jamg'armasi tomonidan "Jasur jurnalist" mukofoti bilan taqdirlangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG