Xalqaro huquq tashkilotlari, xususan Vashingtonda asoslangan "Freedom House" (Ozodlik uyi) va Nyu-Yorkdan Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi (Committee to Protect Journalists - CPJ) Qirg'izistonda qamoqda o'tirgan faol Azimjon Asqarov ishi qayta ochilayotgani haqidagi xabarlarni olqishlamoqda. Tashkilot tahlilicha, Asqarov asossiz qamalgan, hibsda qiynoqqa solingan va dalil-isbotsiz aybdor deb topilib, umrbod qamoq jazosiga mahkum etilgan.
"Freedom House", CPJ va boshqa xalqaro muassasalar Qirg'iziston hukumatini ishni qayta tergov qilishga chaqirib keladi.
Asqarovning advokatlariga ko'ra, u 2010-yilda Jalol-Obod viloyatidagi hibsxonada qattiq do'pposlangan va qiynoqqa solingan. Ular bu masala izchil ko'rib chiqilishini talab qilayotgan edi.
"Azimjon Asqarov ishining qayta ochilishi kichik bo'lsa-da, muhim qadam. Inson huquqlari faoli adolatsiz ravishda panjara ortida o'tiribdi va bu ish Qirg'iziston adliya tizimi uchun sinovdir", - deydi Syuzan Kork, "Freedom House" tashkilotining Yevrosiyo bo'yicha rahbari.
Respublikada adliya qanchalik mustaqil? Prokuratura qanchalik mas'uliyatli va haqiqatparvar? Asqarov ishi butun tuzumni imtihondan o'tkazmoqda, deydi mutaxassis.
"Bu tekshirish natijasida Asqarov ozod etiladi va Qirg'iziston fuqarolariga nisbatan adolatsizliklarning oldi olinadi degan umiddamiz", - deydi Kork xonim.
30-aprel kuni Bishkekning Oktabr tumani sudi Asqarov ishi qayta tergov qilinsin degan qaror chiqardi.
Qirg'iziston Bosh prokuraturasi avvalroq buni ma'qul topmagan va qayta ko'rib chiqish uchun asos yo'q deya xulosa qilgan edi. Oktabr tuman sudi nazarida o'sha qaror asossiz.
Asqarov Qirg'iziston janubida 2010-yilning iyun oyidagi qonli voqealarda militsiya xodimini o'ldirganlikda aybdor deb topilgan. Uning o'zi esa aslida huquq himoyachisi sifatida ma'lumot to'plagani uchun nishonga olinganini aytadi. Asqarovning safdoshlari ham shuni qayd etadiki, faol aynan ichki ishlar xodimlari amalga oshirgan jinoyatlarni fosh etishga uringani uchun hibsga olingan. Qiynoqlar ortidagi sabab ham shu, deydi ular.
Asqarov Jalol-Obod viloyatida "Vozdux" deb nomlangan tashkilotini yuritgan. Fuqaro huquqlarini himoya qilib, xalqaro matbuotga materiallar bergan.