Breaking News

Bolqonda yoshlarni ekstremistik guruhlardan asrash uchun kurash ketmoqda


Ayrim tahlilchilarga ko'ra, "Islomiy davlat" to'dasining ijtimoiy tarmoqlar orqali olib borayotgan tashviqoti dunyoning ko'plab hududlarida o'z mevasini bermoqda. Zo'ravonlikni romantika va sarguzasht sifatida ko'rsatuvchi media kampaniyalari yoshlarni o'ziga jalb etmoqda. Masalan, bolqonlik ko'plab yoshlar terrorchi guruh qarmog'iga ilingan. Yevropadan Suriyaga yo'l olayotganlarning eng ko'pi shu mintaqadan.

Bolqonda ekstremizm, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:45 0:00

Videolarning birida IShID bosniyalik bolalardan foydalangan. Ular avtomatik qurol bilan o'ynaydi; guruh yetakchilariga salom yo'llab, "Amerika salbchilari"ga qarata "qabringiz Suriyada bo'ladi" deya qichqiradi.

Hozir qalblar uchun kurash ketmoqda, bolalar nishonga olingan, deydi Bosniya va Gersegovinaning terrorizm bo'yicha xavfsizlik vaziri o'rinbosari Vjekoslav Vukovich.

"Hozir biz ularning ongidagi g'oyalarga qarshi kurashyapmiz. Gap ortiq xorijlik jangarilarga qarshi kurashda emas. Eng muhim masala ularning mafkurasi. Mavjud radikal ideologiyani bir yoqli qilish kerak", - deydi u.

Ekspertlar nazarida, asosan, qashshoq va yaxshi ta'lim olmagan yoshlar aldanmoqda. Bundaylar esa Bolqonda juda ko'p.

Al-Qoida va "Bosniya mujohidlari" guruhining sobiq a'zosi Ayman Dinning aytishicha, ilgari radikal tashkilotlar kichik guruhlarga ta'sirini o'tkazardi. Internet tashviqot uslubini o'zgartirdi, deydi u.

"Hozir da'vatlar orqali, videolar yaratib, internetga qo'yish mumkin. Shu yo'l bilan minglab, balki o'n minglab odamlarning uyiga kirib borsa bo'ladi. Ijtimoiy tarmoqlar, Twitter orqali ham chiqish mumkin. Tashviqotchilar orqali odamlar miyasini zaharlash, ularni yollash amalga oshiriladi", - deydi Din.

Bu holatga qarshi kurashayotganlar ham bor.

Prishtina yaqinidagi o'rta maktabda bolalar IShID va Al-Nusra kabi guruhlarning odam yollash usullarini o'rganadi.

Darslarda terrorchilarning yoshlarga ta'sir o'tkazish strategiyalari va o'quvchilarning bu kampaniyalarga munosabati o'rganiladi. Tadqiqotchi Skender Parteshi muammo butun mintaqaga xos ekanini aytadi.

"Bu mintaqaviy muammo. Mintaqaviy xavf. Regiondagi barcha davlatlar hamkorlikda muammoga birgalikda yechim topishi kerak", - deydi u.

Imom Enis Mama kosovolik yoshlar bilan ishlaydi. Uning aytishicha, islomiy jamoalar ekstremizmga qarshi kurashda asosiy rol o'ynashi kerak.

"Biz ularga har bir odam hayotida bir necha muhim vazifaga ega, deb tushuntiramiz. Birinchisi - o'z o'lkasini qayta qurishi va rivojlantirishi kerak. Chunki har bir davlatning o'z odamlari bor va aynan ular bu ishga o's hissasini qo'shishi lozim", - deydi imom.

Kuzatuvchilarning aytishicha, so'nggi oylarda Bolqondan Suriyaga ketayotgan yoshlar soni kamayganiga qaramay, ularni bu yo'ldan qaytarishga qaratilgan harakatlar bo'sh. Yoshlarga ekstremizning xavfini tushuntiruvchi dasturlarga ehtiyoj katta, deydi ular.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG