Afg’onistonda toliblar besh yil asirda saqlagan amerikalik askar vataniga qaytdi. Bou Bergdal Germaniyada qisqa vaqt davolanib, bugun AQShning Texas shtatidagi tibbiy markazga yetkazildi.
Harbiy sog’lig’ini tiklashi, to’liq davolanishi uchun imkon yaratildi, deydi Pentagon, Amerika Mudofaa vazirligi rasmiylari. Vazirlik uning garovga olinishi yuzasidan izchil tergov davom etishini ta’kidlayapti.
Prezident Obama Tolibon bilan muzokara ketidan 28 yoshli Bergdalni Guantanamo qamog’idagi besh jangariga almashgan edi. Mahbuslar o’rtada vositachilik qilgan Qatarga jo’natildi, Bergdal esa ikki hafta oldin Afg’onistondan olib chiqildi.
Amerika qonunchilari Obamani Tolibon bilan muloqot haqida Kongressni boxabar qilmagani uchun tandiq qilayapti. Sobiq asirni dezertirlikda ayblab tandiq qilayotganlar ham bor.
Bou Bergdal 2009-yilda Afg’onistonga xizmatga jo’nagan va, oilasi bilan yozishmalaridan ayon bo’lishicha, ko’p o’tmay urushdan hafsalasi pir bo’lgan. Zobit yigit hali oilasi bilan ko’rishgani yo’q.