Breaking News

Obama serjant Bergdal qutqarilgani uchun uzr so'ramaydi


Obama askarni Tolibon changalidan tortib olgani, buning uchun besh tolibni qamoqdan ozod qilishga majbur bo’lgani uchun kechirim so’ramoqchi emas.

Amerika prezidenti Barak Obama serjant Bou Bergdalni Tolibon changalidan tortib olgani, buning uchun besh tolibni qamoqdan ozod qilishga majbur bo’lgani uchun kechirim so’ramoqchi emas. Bu ayirboshlashni deb Obama ma’muriyati qattiq tanqidga qoldi.

Oq uy rahbari kecha jurnalistlar bilan gaplashayotib, AQSh qurolli kuchlari bosh qo’mondoni sifatida askarni vatanga qaytarish – burchim edi, dedi.

“Amerika harbiy formasini kiygan har bir fuqaro uchun javobgarmiz. Uzoq yil garovda qolgan Bou Bergdalning sog’ligi yomonlashib borayotgan edi. Bundan xavotirda edik va imkon bo’lgani zahoti uni qutqarib oldik. Birovdan kechirim so’rab o’tirmaymiz”,- dedi Barak Obama.

Tolibon serjantni besh yil garovda ushlab turgan edi. Bergdal 2009-yilga Afg’onistonda xizmatni boshlagan, ko’p o’tmay olib qochilgan.

Voqea tafsilotlari aniq emas va ayrim safdosh zobitlar Bou Bergdalni dezertirlikda gumon qilayapti. “Ko’plar o’ylaganidek qahramon emas, xolis xizmat qilmadi u. Urushdan qochgan dezertir u”, - deydi Bergdal bilan bir bo’limda bo’lgan askar Joshua Kornelison.

AQSh qonunchilari Obamani toliblar bilan muzokara haqida Kongressni boxabar qilmagani uchun tanqid qilayapti.

Ayrim siyosatchilar Kubadagi Guantanamo qamog’idan ozod qilingan besh tolib yana jang maydoniga qaytishidan tashvishda. Oq uyning javobi shuki, Tolibon Bergdalni o’ldirishini aytib po’pisa qilgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG