Breaking News

Toliblar qo'yib yuborgan amerikalik askar kasalxonada


Serjant Bou Bergdal besh yil oldin toliblar qo'liga tushgan.
Serjant Bou Bergdal besh yil oldin toliblar qo'liga tushgan.

Tolibon serjant Bou Bergdalni Guantanamo qamog’idagi besh mahbusga ayirboshlagan edi.

Afg’onistonda toliblar garovidan xalos bo’lgan amerikalik askar Bou Bergdal Germaniyadagi kasalxonaga yetkazilgan.

Shifokorlar uni ko’rikdan o’tkazib, davolashni boshlab yuboradi. Tolibon serjantni Guantanamo qamog’idagi besh mahbusga ayirboshlagan. Mahbuslar o’rtada vositachilik qilgan Qatarga jo’natilgan.

Qo’shma Shtatlarda senator Jon Makkeyn askar nihoyat ozodlikka chiqqanidan mamnun. Biroq respublikachi arbob Obama ma’muriyatini terrorchilar bilan muzokaraga borgani uchun tanqid qilmoqda.

Kubadagi qamoqdan qo’yib yuborilgan besh ekstremist yana qurolini qo’lga olishi mumkin, deb hisoblaydi Makkeyn. Bu esa Amerika ahlining hayoti xavf ostida degani. Bu turmadan avval chiqqan jangarilar urush maydoniga qaytganini bilamiz, deydi respublikachi senator.

Respublikachi qonunchilar, shuningdek, Obamani mahbus ayirboshlash haqida Kongressni ogohlantirmagani uchun tanqid qilmoqda.

Biroq Mudofaa vaziri Chak Xeyglning aytishicha, serjant Bergdalning hayoti xavf ostida bo’lgani uchun Kongressga xabar berilmagan. Qo’shma Shtatlarning ustuvor vazifasi askarlarni vatanga sog’-omon qaytarishdir, deydi Pentagon rahbari.

Toliblar askar Bou Bergdalni besh yil oldin garovga olgan edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG