Osiyo bo’ylab safarga chiqqan AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Xitoyda prezident Si Zinpin bilan uchrashdi. Qo’shma Shtatlar Xitoyning Yaponiya bilan talash orollar uzra havo mudofaa zonasini o’rnatganini tanqidga olib kelgan hamda Bayden bu haqda kecha Yaponiyaga safari chog’ida ochiq gapirgan bo’lsa-da, Pekinda vitse-prezident masalani matbuotga sharhlamagan.
Tomonlarga ko’ra, ikki davlat munosabatlari ishonchga asoslangan bo’lishi lozim.
Prezident Sining aytishicha, Vashington va Pekin aloqalari odatda ijobiy rivojlanmoqda, ammo mintaqadagi ayrim bahsli masalalar ularga pand berib kelmoqda.
Bayden havo mudofaa zonasiga doir AQSh e’tirozini Xitoy rahbarlari bilan xususiy muloqot chog’ida bildirishini aytgan.
Vitse-prezident kecha Tokioda Yaponiya bosh vaziri Shinzo Abe bilan muloqot qilgan.
Sharqiy Xitoy dengizidagi vaziyatga to’xtalar ekan, Bayden Pekin vaziyatni bir tomonlama o’zgartirishga qo’l urdi va uning bu harakati mintaqaviy ziddiyatlarga sabab bo’lmoqda, deb aytdi.
Xitoy shu paytgacha Yaponiya boshqaruvi ostida bo’lgan orollarni havo mudofaa zonasi deb e’lon qilib, hudud uzra uchib o’tmoqchi bo’lgan harbiy va yo’lovchi samolyotlar Xitoyga rejasini avvaldan ma’lum qilishi kerak degan talabni olg’a surgan.
Bayden yanglish qaror natijasida xorijiy davlat samolyotiga zarar yetishi mumkinligidan xavotirda. Uning aytishicha, Xitoy va Yaponiya ziddiyatlarni yumshatish uchun hamkorlikda chora ko’rishi zarur.