Breaking News

Saylov-2020: muhim okruglarda ustunlik Jo Bayden tomonda


AQShda o’tkazilgan so’nggi ommaviy so’rovlarga qaraganda prezidentlik uchun poygada Jo Bayden mamlakat miqyosida Donald Trampdan juda kichik farq bilan oldinda ketmoqda, ammo saylov natijasini hal qiluvchi 300 okrugda Bayden ustunlikka ega.

Monmut universiteti o’tkazgan so’rovda sobiq vitse-prezidentga xayrixohlar 48 foizni, Tramp tarafdorlari esa 45 foizni tashkil etadi.

Ammo gap shundaki, Amerikada prezident saylovlari umumxalq ovozi bilan emas, balki 50 shtatning har birida ovoz berish natijasida shakllanuvchi saylovchilar kollegiyasi degan sistema orqali hal qilinadi. 2016-yilda Donald Tramp kollegiyada ko’proq ovoz to’plab g’alaba qilgan, garchi demokrat Hillari Klinton mamlakat miqyosida undan uch million ko’proq ovoz yig’gan bo’lsa ham.

So’rovga ko’ra, 300 muhim okrugda saylovchilarning 50 foizi Jo Baydenga, 41 foizi Trampga ovoz berishini aytmoqda. Umumiy elektoratning taxminan 20 foizi yashovchi bu hududlar alohida shtatlardagi natijani, bu esa o’z navbatida saylovchilar kollegiyasida ovozlar qanday taqsimlanishini belgilaydi.

“Hozirda Tramp va ehtimoliy demokratik nomzod [Bayden] o’rtasidagi farq uncha katta emas”, - deydi so’rovni o’tkazgan Patrik Murrey. – 2016-yilda bo’lganidek, natijani umumiy berilgan ovoz soni emas, saylovchilar kollegiyasi hal qiladi. Mamlakatning saylov uchun eng muhim hududlarida Bayden ustunlikka ega”.

So’rovdan shunisi ham ma’lumki, Donald Tramp 2016-yilda yutib chiqqan okruglarda Baydenga qashi poygada ham o’xshash natija ko’rsatishi mumkin. To’rt yil oldin Klinton g’alaba qilgan okruglarda Baydenning imkoniyatlari yuqori.

Jo Bayden, sobiq vitse-prezident va oxirgi 30 yilda uchinchi bor prezidentlikka harakat qilayotgan siyosatchi, Demokratik partiyadan yagona nomzodlikni qo’lga kiritish arafasida turibdi. Ammo Vermont senatori Berni Sanders haligacha poygadan chiqayotganini e’lon qilmagan.

Tramp va Bayden muntazam ravishda bir-birini tanqid qiladi, lekin hozirda prezidentlik kampaniyasi go’yo to’xtab qolgandek. Kunning muhim mavzusi hozir koronavirus. Har ikkisi tarafdorlari bilan yig’inlar o'tkazmayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG