Breaking News

Bayden Ukrainaga yordam va’da qildi


Presiden Vladimir Putin terjatuh saat ikut bermain hoki es di Arena Olimpiade di Sochi, Rusia.
Presiden Vladimir Putin terjatuh saat ikut bermain hoki es di Arena Olimpiade di Sochi, Rusia.

AQSh Vitse-prezidenti Jo Bayden Amerika-Ukraina biznes forumida so'zlab, Ukraina iqtisodiyoti va xavfsizligini ta'minlashda davom etamiz, dedi. Bayden hukumatni korrupsiyani yengib, islohotlarni amalga oshirishga va shu bilan xorijiy sarmoyadorlarni jalb etishga chaqirdi.

Vitse-prezident Baydenning aytishicha, Ukrainaning iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotidan AQSh va Yevropa ham manfaatdor.

"Yevropaning kelasi 15-20 yilda qanday bo'lishi Ukrainaning muvaffaqiyatlariga bog'liq", - dedi Bayden.

Unga ko'ra, Qo'shma Shtatlar Ukrainaga iqtisodiy yordam tariqasida 470 million dollar va ikki milliard dollarlik kreditga kafolatlar beradi. Agar mamlakat iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda davom etsa, yil oxirida unga yana bir milliard dollarga teng kredit ajratilishi mumkin, dedi AQSh vitse-prezidenti.

Bayden Ukrainaga yordam va’da qildi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:25 0:00

"Yordam dasturi Ukraina iqtisodiyotiga ishonchni tiklashga, energetik xavfsizligini oshirishga, mustaqil matbuotni kuchaytirishga, sud tizimini yaxshilashga, korrupsiyaga qarshi kurashishga, saylov tizimini qo'llab-quvvatlashga, gumanitar ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan", - dedi Bayden.

U Rossiyani Ukrainani o'ziga iqtisodiy va harbiy tomondan bo'ysundirishga harakat qilayotganlikda, tabiiy gaz yordamida Kiyevga bosim qo'yayotganlikda ayblab, Ukraina Rossiya gaziga bo'lgan tobeligini 63 foizdan 15 foizga tushirishga muvaffaq bo'lganini aytdi.

"Ukrainaga qo'shni Sharqiy Yevropa davlatlari rahbarlari bilan muloqot qilib, ularni gazni Ukrainaga revers shaklida ko'proq uzatishga ko'ndirdim. Qish yaqinlashgani sari gaz oqimi miqdorini ko'paytirishga harakat qilamiz", - dedi Jo Bayden.

Vashingtonda o'tgan anjumanda qatnashgan Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyukning aytishicha, xorijiy sarmoyalar iqtisodiyotni tiklashda muhim rol o'ynaydi.

"Kreditorlardan hamkorlik qilishni, qattiq bosim qo'ymaslikni so'rayapmiz. Bu bilan ular Ukraina xalqiga yordam bergan va yutuqlarimizga hissa qo'shgan bo'ladi. Shu sabab kreditorlardan Ukraina hukumati bergan takliflarni qabul qilishni, murosa qilishni so'rayapmiz", - dedi Yatsenyuk.

Qo'shma Shtatlar Ukrainaga chegara xavfsizligini oshirish maqsadida harbiy yordam berishni ham ko'zlamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG