Breaking News

Ukraina bosh vaziri AQSh tadbirkorlari oldida nutq so'zladi


Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk (o'ngda) va AQSh Tijorat vaziri Penni Pitsker, 13-iyul, 2015-yil, Vashington.
Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk (o'ngda) va AQSh Tijorat vaziri Penni Pitsker, 13-iyul, 2015-yil, Vashington.

Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk ukrain va amerikaliklar dunyoning erkin bo’lishi maqsadida yelkama-yelka turib harakat qilmoqda, deb aytdi.

U bunday bayonotni dushanba kuni AQSh savdo palatasidagi AQSh va Ukraina tadbirkorlari yig’inida qildi.

Ikki mamlakat biznes doiralarining yuqori martabali vakillari qatnashgan forumdan maqsad – Ukraina iqtisodini rivojlantirish yo’llarini muhokama qilish bo’ldi. 2014-yilgi inqilobdan buyon bu AQSh va Ukraina biznes doiralarining ilk uchrashuvi.

Ukraina bosh vaziri mamlakat kreditorlarini hamlorlikka chorladi va bu mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida asosiy rol o’ynashini aytdi. U, shuningdek, korrupsiya masalasiga alohida to’xtalib, bu illat Ukrainada chuqur ildiz otganini e’tirof etdi, ammo Kiyev muammoga qarshi jiddiy choralar ko’rayotganini ta’kidladi.

“Amerikalik sarmoyadorlar, iltimos, darhol Ukrainaga sarmoya yotqizing. Biz sizni Ukrainada ko’rishdan xursand bo’lamiz,” - dedi u.

Bunday bayonotlardan oldin AQSh Tijorat vaziri Penni Pitsker Ukraina rahbarlari AQSh biznes yetakchilari bilan tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlovchi hamkorlikni yo’lga qo’ymoqchiligi haqida gapirgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG