Breaking News

"Boko Haram" keltirgan azob-uqubat... yangi hujjatli filmda


"Boko Haram: Yovuzlik oralab" - hujjatli film
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:00 0:00

"Boko Haram" jangari guruhi bilan mavjud bir necha yillik qonli ixtilof oqibatida minglab odam halok bo'ldi, millionlab insonlar hayoti izdan chiqdi. Nigeriya bundan buyon qaysi yo'ldan boradi? "Amerika Ovozi" ijodiy guruhi uzoq yillik mojaroning Nigeriya ahli hayotiga va butun dunyoga qanday ta'sir ko'rsatgani haqida hujjatli film tayyorladi.

"Boko Haram: Yovuzlik oralab" hujjatli filmi taqdimoti AQSh Tinchlik institutida bo'ldi. Ijodkorlar bunday asarlarning dunyo uchun nega kerakligi haqida gapirdi.

"Bu filmni nima uchun yaratdik? Chunki biz sizdek odamlarning shu yerda bo'lishingizni, bu haqda gapirishingizni, vaziyatni tushunib, unda ishtirok etishingizni istaymiz", - deydi film produseri Bes Mendelson.

Barchasi "Amerika Ovozi" muxbiri Ibrohim Ahmad yig'gan 18 soatlik videolardan boshlandi. Bu tasvirlar asosida bir necha seriyali reportajlar tayyorlangan.

"Ular bu videolarni propaganda maqsadida olishgan. Biz ko'rgan tasvirlarning ko'pi omma ko'rishi uchun mo'ljallanmagan", - deydi Ibrohim Ahmad.

Filmdagi tasvirlarga ko'ra, guruh musulmonlarga nisbatan ham o'ta shafqatsiz. Nazoratda ushlab turish uchun odamlar ayovsiz kaltaklangan va hatto o'ldirilgan.

Videoda guruhning yosh a'zolari bolalardek o'yin o'ynab, mashqlar qilayotgani ham aks etadi.

"Qizlarimizni ortga qaytaring" harakati asoschisi Buki Shonibare ham filmda ishtirok etdi. U taqdimotda to'liq kartinani ko'rib, yuragi ezilganini aytadi.

"Bolalar ko'rgan narsani hech qanday mablag' yo'q qila olmaydi. Ota-onasi o'ldirilishini ko'rgan bolalar, erining qatl qilinishiga guvoh bo'lgan ayollar; hech qanday pul bularni xotiradan o'chira olmaydi", - deydi faol.

Ammo film odamlarning sabr-bardoshini ham namoyon qiladi, deydi suratkash Fati Abubakar.

"Boko Haram buzg'unchilik ishlarini olib borayotganda men tibbiyot kollejida edim. Ularning yetakchisi Muhammad Yusuf mening uyimdan uch daqiqalik joyda da'vat qilardi. Bularning barchasini o'z ko'zimiz bilan ko'rdik. Bu yerda turib o'tgan voqealarni ochiq gapirayotgan ekanman, demak, odamlar qayta qurishga qodir", - deydi u.

Abubakar o'z suratlari orqali Boko Haram faol shimoli-sharqiy Nigeriya xavfli joy bo'lish bilan birga, u yerda ko'plab odamlar yashashda davom etayotganini ko'rsatishni istaydi. Ayrimlar o'g'irlab ketilgan oila a'zolari bilan birlashish umidi bilan yuribdi. Shonibare ismli faollar esa Chibokdan o'g'irlangan qizlarning barchasi topilmaguncha o'z ishini to'xtatmoqchi emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG