Breaking News

Bosniya qatliomni xotirlamoqda


Bosniya va Gersegovinaning Srebrennitsa shahrida motam, yaqinda shaxsi aniqlangan 500 dan ziyod odam dafn etilmoqda.
Bosniya va Gersegovinaning Srebrennitsa shahrida motam, yaqinda shaxsi aniqlangan 500 dan ziyod odam dafn etilmoqda.
Bosniya va Gersegovina Yevropaning eng qo’rqinchli qatliomlaridan biri, Srebrennitsadagi fojeani xotirlamoqda.

17 yil avval, iyul oyida bosniyalik serblar qo’lidan 8 mingdan ziyod musulmon erkak va bola jon bergan edi.

Bugun shaharda o’n minglab odamlar jamul-jam, motamda. Ular shaxsi yaqinda aniqlangan 520 jasadni yerga qo’ymoqda.

Srebrennitsa deganda bugun xunrezlik yodga kelar ekan, Amerika rahbari Barak Obama voqeani dunyoni larzaga solgan dahshatli genotsid, deya ta’riflaydi.



Yugoslaviyaning tarqalib ketishi ketidan siyosiy, etnik tortishuvlar avj olib, Bosniya 1992-1995-yillarda urushni boshidan kechirgan, general Ratko Mladich boshliq qo’shinlar 1995-yilning yozida Srebrennitsani qamal qilib, bir necha kunda 8372 erkak va yosh bolani yo’q qildirgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG