Tergovchilarning aytishicha, Bostondagi portlashlar ketidan birgina salmoqli ma'lumot shuki, shu paytgacha yig'ilgan videotasmalarda portlovchi moslamani yo'l chetiga qo'ygan odamni ko'rish mumkin. Uning shaxsi hali aniqlanganicha yo'q.
Chorshanba kunduz axborot agentliklari Bostonda dushanba kungi portlashga aloqadorlik gumoni bilan bir shaxs ushlangani haqida xabar tarqatgan edi. Ammo rasmiylar buni inkor etmoqda.
Bugun kechroq huquq-tartibot organlari tergov yuzasidan matbuot anjumani o'tkazib, batafsil hisobot berishi kutilmoqda. Taxminlarga ko'ra, politsiya jamoatchilikdan xurujga aloqador ma'lumot to'plashda yordam va qo'shimcha rasm-videolarni jo'natishni so'raydi.
Shunday bo'lsa-da, hujumga aloqasi bor odam ushlandi degan xabar ketidan odamlar Boston sudi binosi tomon oshiqqan. Politsiya ularni tarqalishga majbur qildi, deydi guvohlar.
Marafon paytida ikki portlash uch odamni hayotdan olib ketib, 176 odam jarohatlangan.
Politsiya o'sha atrofdagi do'konning telekamerasida olingan video va Boston televideniyesi taqdim etgan tasvirlarga asoslanib ish ko'rmoqda.
Rasmiylar, xususan, bomba solingan buyumni topganini aytmoqda. Portlovchi moslama oddiy idishdan yasalgani va mix, mayda metallga to'la bo'lgani xabar qilinadi.
Bu orada, Massachusets kasalxonasi shifokorlari jarohati o'ta og'ir deb o'ylangan bemorlarning holini bugun nisbatan yaxshi deya ta'riflamoqda.
Qo'l-oyog'idan ayrilgan kasallar ruhan tetik ekani, hayot ekaniga shukur qilayotganini ko'rish quvonarli, deydi vrachlar.
Marafon paytida o'lganlar sakkiz yoshli bola Martin Richard, restoran menedjeri, 29 yoshli Kristi Kembel va Boston Universiteti talabasi, xitoylik Lu Lingzi ekani aytiladi.
"Hujum ortida kim turgani, mahalliy odammi yoki chet ellik, buni hali bilmaymiz. Hozir fol ochib o'tiradigan payt emas. Katta bir tantana qonli tus olganiga odamning ishongisi kelmaydi", - deydi Davlat kotibi Jon Kerri.