AQSh shimoli-sharqidagi Konnektikut (Connecticut) shtatida, yosh bolalar qatnaydigan maktabda ro'y bergan otishma 26 odamni hayotdan olib ketdi. Ularning 20 nafari bolalar.
Xabarlarga qaraganda, sinfxonalardan birida hujumchining jasadi va qurollar ham topilgan. Politsiya binolarni birma-bir tekshirmoqda.
Konnektikutning Nyuton shahridagi Sendi Xuk maktabi to'liq evakuatsiya qilingan. Ota-onalar qatliomdan dahshatda. Televideniye orqali namoyish etilayotgan tasvirlarda bolasini olib, uyga oshiqayotgan ota-onalarni ko'rish mumkin.
CNN telekompaniyasiga ko'ra, hujumchining farzandi ham shu maktabga qatnagan. O'lgan bolalarning yoshi 5-10 orasida. Maktab direktori va ruhiy shifokor ham otishmada halok bo'lgan.
AQShda bunday fojialar so'nggi payt tez-tez ro'y berayotgani kuzatiladi. Hafta boshida Oregon shtatidagi yirik univermagda ro'y bergan otishmada ham ikki kishi halok bo'lgan edi.