Breaking News

Qozog'istonlik talaba Boston xurujiga aloqadorlikda aybdor topildi


Azamat Tajayakovning sudda chizilgan surati. Qozog'istonlik talaba Bostondagi portlashlarga (2013-yil) doir tergovga g'ov bo'lgani uchun qamaladi. Hukm 16-oktabrda o'qiladi.
Azamat Tajayakovning sudda chizilgan surati. Qozog'istonlik talaba Bostondagi portlashlarga (2013-yil) doir tergovga g'ov bo'lgani uchun qamaladi. Hukm 16-oktabrda o'qiladi.

Qozog'istonlik 20 yashar talaba Azamat Tajayakov 2013-yilda Bostondagi terror xuruji bilan bog'liq tergovga g'ov bo'lganlikda aybdor topildi. Massachusets-Dartmut universiteti talabasi xurujni amalga oshirgan deb ko'rilayotgan Joxar Sarnayev bilan o'qigan.

Prokurorlarga ko'ra, Azamat 15-aprelda sodir etilgan xurujdan uch kun o'tib, boshqa bir do'sti bilan Sarnayevning ryukzagini yotoqxonadan olib chiqqan. Ma'lumotlarga ko'ra, ular sumkadagi mushaklarni tashlab yuborgan.

Hukm 16-oktabrda o'qiladi. Tajayakov tergovga halaqit bergani uchun 20 yilgacha va tergovga g'ov bo'lishni rejalagani uchun besh yilga qamalishi mumkin.

Bostonda uyushtirilgan yillik marafon paytida ro'y bergan portlashda uch odam o'lgan, 260 dan ziyodi jarohat olgan edi.

Aka-uka chechenlar Joxar va Tamerlan Sarnayevlar xurujda aybdor topilgan. Tamerlan politsiya bilan otishmada nobud bo'lgan, Joxar esa bir necha ayblov bo'yicha sudini kutmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG