Birmada buddistlar va musulmonlar o’rtasidagi yana qonli to’qnashuvlar bo’lib o’tdi. Zo’ravonliklarda 10 odam halok bo’lgach, hukumat komendant soati e’lon qilgan.
O’tgan yili 200 dan oshiq odamning boshini yeb, 100 ming fuqaroni uyini tashlab chiqishga majbur qilgan etnik va diniy to’qnashuvlardan beri mamlakat notinch.
O’tgan ikki kun davomida Birmaning Maytila shahrida musulmonlar va buddistlar o’rtasida qonli to’qnashuvlar bo’lib o’tgach, rahbariyat favqulodda holat e’lon qilishga majbur bo’ldi.

Kecha shaharda yuzlab odamlar isyon ko’tarib, do’konlarga, musulmon mahallalari va masjidlarga o’t qo’ygan. Muxolifat vakili Vin Teynning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, huquq-tartibot xodimlari aralashuviga va komendant soati qo’llanishiga qaramasdan vaziyat hamon notinch. Politsiya odamlarni tarqatishga ojizlik qilyapti. Ko’cha-kuyda pichoq va tayoq ko’tarib yurganlarni ko’rish mumkin, deydi Vin Teyn.
Maytila eng yirik shaharlardan sanalgan Mandalaydan 150 kilometr narida joylashgan. Birma matbuotining yoritishicha, oltin do’konida musulmon sotuvchi va buddist xaridorlar o’rtasidagi tortishuv to’qnashuvlarga aylanib ketgan. Birma islomiy kengashi rasmiysi Vina Shvay gap tartib-intizom yo’qligida, deydi.
Uning aytishicha, do’kon egasi va xaridor talashib qolgan payt mahalliy ma’murlar darrov oraga tushishi va qonunga binoan mojaroni hal qilishi kerak edi. Lekin rasmiylar sustkashlik qilgani bois vaziyat izdan chiqqan.
Birma aholisi, asosan, buddistlardan iborat va birmaliklar eng yirik etnik guruhdir. Boshqa elatlar va diniy jamoalar bilan ziddiyat ayanchli tugagan hollar kam emas.
O’tgan yili Rakxain shtati buddistlar va musulmonlar o’rtasida shafqatsiz olishuvlarga guvoh bo’lgan edi. O’shanda 200 ga yaqin odam o’lib, 120 ming kishi, asosan, musulmonlar uy-joyidan ayrilgan. Huquq himoyachilari diniy kelishmovchiliklar Birmadagi islohotlar yo’liga tog’anoq bo’lishi mumkin, deya xavotirda.