Xalqaro hamjamiyat Birma hukumatidan 43 odamni hayotdan olib ketgan oxirgi diniy to’qnashuvlarni puxta tergov qilib, javobgarlarni jazolashni so’rayapti.
Asosan, musulmonlar tahqirlangan mojaroda yana o’nlab insonlar jarohatlanib, minglab odam uy-joysiz qoldi. Janjal markaziy Maytila shahrida boshlanib, janubdagi sobiq poytaxt Yangongacha tarqalgan.
Birmada mart oyida musulmonlarga qarshi hujumlar jamiyatni dahshatga soldi. Musulmonlar va buddistlar bir-birini qirib, o’nlab odam jon berdi.
O’tgan yili Rakxayn shtatida ham musulmonlar va buddistlar o’rtasidagi olishuv kamida 200 odamni hayotdan olib ketgan, 100 mingdan oshiq fuqaro qochoqqa aylangan edi. Shularning aksariyati musulmonlar.
“Amerika Ovozi” yaqinda inson huquqlari himoyasi bilan shug’ullanuvchi “Human Rights Watch” tashkilotining Osiyo bo’yicha rasmiysi Fil Robertson bilan shu haqda gaplashdi.
Hukumat va politsiya bu muammo haqida lom-mum demay keladi. Guvohlar hatto huquq-tartibot xodimlari to’polonni ko’ra turib qilt etmagan holatlarni tasvirlaydi. Rakxayn shtatida o’tgan yili ro’y bergan diniy mojarodan xulosa shuki, musulmonlarga zulm qilish jazosiz qolmoqda.
“Ularni istagancha ezish mumkin va sizga hech kim pinagini buzmaydi. Maytila shahridagi janjal buni yana bir bor isbotladi”, - deydi “Human Rights Watch” vakili.
“Birmada odamlar bemalol ko’chaga chiqib, din ahli va elatlar o’rasiga nifoq sola olishi, jamiyat shu qadar mo’rtki, arzimagan turtkidan alanga chiqib ketishi dahshatli”, - deydi Fil Robertson.
“Agar hukumat buni nazoratga olmasa, aybdorlarni javobgarlikka tortmasa, bundan keyin ham qo’rqinchli janjallar, bundanda vahimali falokatlarning guvohi bo’lamiz”, - deydi huquq himoyachisi.
Fil Robertsonning aytishicha, Birmada musulmonlar orasida tushkunlik kayfiyati tobora keng tarqalib borayapti.
“Odamlar Rakxayn shtatida yashash mumkin ekaniga ko’zi yetmayapti. Shu bois ham ular kemaga o’tirib, boshqa yurtlarga bosh olib ketmoqda. Shu paytgacha 25 ming fuqaro Birmani tark etgan”, - deydi u.
Robertson musulmon aholi ham tanazzul, ham ochlikdan sillasi qurigani, bu esa salomatlik bilan bog’liq jiddiy muammolarga yetaklashi mumkin ekanini alohida ta’kidlaydi.
“Yomg’ir mavsumi boshlanganidan keyin Birma kasalliklar epidemiyasi xavfi bilan yuzlashishi aniq”, - deydi mutaxasssis.
Mamlakatda musulmonlar aholining qariyb to’rt foizini tashkil etadi.