Breaking News

Kanadada ommaviy qabr topildi


Kanadaning Saskachevan provinsiyasida joylashgan sobiq maktab- internat yonida yangi ommaviy qabr topilgan. U yerda 751 odamning ko’milgani aytilmoqda. Internatda bir paytlar tub aholi farzandlari majburan o’qitilardi.

Xalqaro hayot – 25-iyun, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:49 0:00

Georadar yordamida topilgan qabr joylashgan joyda biror belgi yo’q. May oyida Britaniya Kolumbiyasi viloyatidagi internat yonida ham 200 dan ortiq bolaning qabri topildi. Saskachevanda topilgan qabrdagi jasadlarning nechtasi bolalarniki ekani hozircha ma’lum emas.

“Bu yerda katta yoshdagilarning ham ko’milganiga og’zaki guvohliklar bor. Chunki yaqin atrofda katolik cherkovi joylashar edi. Cherkovga borib-turganodamlarni ham shu yerga ko’mishgan bo’lishlari mumkin”, - deydi mahalliy bir tashkilot rahbari Kadmus Delorm.

1831-yildan 1996-yilgacha Kanadadagi internatlarda tub aholi, asosan, hindularning farzandlari assimilyatsiya maqsadida majburan o’qitilgan. Maktablarga pulni federal hukumat ajratgan, biroq ularni, asosan, diniy tashkilotlar yuritgan. Bunday o’quv maskanlarida jami 150 mingdan ortiq bola o’qigan. Ko’plari kaltaklanar, och yurar, jinsiy tajovuzga uchrar edi.

Mahalliy katolik cherkovi vakillari bu uchun uzr so’rab, qabrlarni obodonlashtirish va belgilanmagan qabrlarni topish uchun 50 ming dollar ajratgan.

Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo bu fojiaga Kanada hukumati mas’ul ekanini aytib, uni “tizimli irqchilik, kamsitish va adolatsizlik haqida sharmandali eslatma” deb atadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG