Markaziy Osiyo tanazzulda va xalqaro hamjamiyat mintaqaga yordamni oshirishi kerak. Bo’hronlarni o’rganuvchi xalqaro tashkilot shunday xulosa bilan chiqqan.
Qirg’iziston, Tojikiston, O’zbekiston, Turkmaniston va Qozog’istonda infratuzilma, xususan, maktablar, kasalxona, yo’llar va korxonalar ekirgan.
Sovet Ittifoqi davrida bunyod etilgan inshootlar. Ayniqsa, Tojikiston va Qirg’izistonda vaziyat tang.
“Kelasi 5-10 yilda maktablarda muallimlar, kasalxonada shifokorlar qolmaydi. Elektr tokisiz yashash normal holatga aylanib qoladi”, - deyiladi tashkilot tahlilnomasida.
Bu muammolar regionda ijtimoiy tanglik, norozilikni avj oldirishi mumkin. Yangi mojarolarning oldini olish uchun hoziroq chora ko’rish kerak.
Markaziy Osiyo davlatlari taraqqiyot jihatidan bir-biridan birmuncha farq qilsa-da, muammo ildizi deyarli bir: yakkahokimlik, korrupsiya, zaxiralarni isrof qilish, repressiya va hokazo.
Hukumat darajasida o’zgarish bo’lmas ekan, fuqaro noroziligi oshib boraveradi va konfliktlar yuzaga kelishi aniq, deydi Bo’hronlarni o’rganuvchi xalqaro tashkiloti vakili Robert Templer.