Breaking News

O'zbekiston gaz narxini ko'tarmoqda


O’zbekiston undan gaz sotib olayotgan davlatlarni kelasi yildan boshlab gaz narxi ikki barobar ko’tarilishi haqida ogohlantirdi.

Uztransgaz davlat kompaniyasi bayonotiga ko’ra, 1 yanvardan boshlab gaz narxi ming kubometriga 100 dollarga ko’tariladi. Ayni damda Gazprom va Markaziy Osiyo davlatlari O’zbekiston gazini ming kubometriga 55-60 dollardan xarid qilmoqda.

Rossiya O’zbekistondan yiliga 9 milliard kubometr gaz sotib oladi, biroq Gazpromga ko’ra, narx ko’tarilishi uning daromadiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi. Chunki Gazprom gazni Yevropaga ming kubometriga 250 dollardan sotadi.

XS
SM
MD
LG