Qo’shma Shtatlarda oxirgi oylarda ahvol yaxshilansa-da, ishsizlik darajasi hamon yuqori. Biroq shu bilan birga, deydi ekspertlar, kompyuterni yaxshi egallagan kadrlar yetishmasdan, millionlab ish joylari bo’sh qolmoqda.
Mehnat bozorida talab qilinayotgan kasblarni ikki yil oldin hech kim bilmasdi, mutaxassis yetkazib berolmayapmiz, deydi universitetlar ahli.
Shimoliy Virjiniya jamoat kolleji bir necha korpusda joylashgan va 75 ming talabasi bor. Ikki yillik maxsus dasturlari mavjud. Mark Makarti kabi studentlar kompyuterni puxta o’rganib, maoshiga bemalol yashasa bo’ladigan yaxshi ish topmoqchi.
“Bu sohada, shukurki, ish joylari yetarli”, - deydi u.
Makarti yillar davomida otel va restoranlarda ishladi. Bu maoshga erkin yashay olmaysiz, deydi talaba. U hozir olayotgan bilimidan umidi katta.
Ekspertlarning aytishicha, oxirgi yillarda Amerikada yirik sanoat, ma’muriy boshqaruv, o’rta menejment kabi sohalarda ishlar keskin kamayib ketdi, chunki bu tarmoqlar avtomatlashdi, xorijiy raqobat ham kuchli. Kornel Universiteti olimasi Sharon Pozter bir paytlar bu sohalarda barqaror ish topsa bo’lar edi, deydi:
“Puxta malaka talab qilmaydigan, maoshi kam quyi sohalarda va o’ta yuqori ko’nikma zarur bo’lgan, oyligi ham katta sohalarda ish ko’p hozir. Zavod, fabrikalardagi o’rta qatlam esa na u yoqli, na bu yoqli”.
Ekspertlarning uqtirishicha, hozir aniq fanlar, hisob-kitob, kompyuter texnologiyasi bo’yicha malakani oshiradigan payt. Chunki texnologiya jadal rivojlanayapti va kadrlarga talab oshib borayapti.
Ta’lim dargohlari ham zamon talabiga moslashish, studentlarga zarur bilim berishga urinmoqda.
Shimoliy Virjiniya jamoat kolleji rahbari Robert Templin fikricha, ta’lim maskanlari tinimsiz o’zgarayotgan mehnat bozoriga moslashishi osonmas:
“Besh-o’n yil oldin so’gliqni saqlash sohasida axborot texnologiyasi xavfsizligi, kiber-xavfsizlik, georgrafik ma’lumotni to’plab tahlil qilish va qo’llash kabi yangi sohalar yo’q edi. Odamni hali yo’q ishga tayyorlash, sizga aytsam, mushkul”.
Lekin, deydi Templin, urinaverish kerak. Kompyuter sohasini chuqur egallagan, universitetni endi bitirganlar boshidanoq yiliga 60 ming dollar topishi mumkin.
Amerikada ta’lim maskanini endi tamomlagan yoshlar orasida ishsizlik u qadar yuqori emas. Ammo so’rovlardan ayon bo’lishicha, har 10 nafaridan to’rttasi o’z sohasida ishlamaydi. Shuncha o’qib orzu qilgan ish, maoshimizga yetisha olmayapmiz, deya norozi bo’ladi ular.