AQShning Janubiy Karolina shtati, Charlston shahrida qora tanli aholi qatnovchi tarixiy cherkovda 17-iyun kuni oq tanli yigit o't ochib, to'qqiz kishini o'ldirgan. Ko'plab ekspertlar nazarida bu mahalliy terrorizm. 21 yoshli ayblanuvchi Dilan Ruf hibsda. Yigit jinoyatni o'z bo'yniga olgan.