Breaking News

AQShdagi ukrainaliklar Kiyevga yordam jo'natmoqda


Oq uy yaqinida o'tgan ukrainaliklar namoyishidan, 1-mart, 2014-yil.
Oq uy yaqinida o'tgan ukrainaliklar namoyishidan, 1-mart, 2014-yil.
Rossiya va Ukraina o’rtasida ziddiyat kuchayib borar ekan, xorijdagi ukrainaliklar vaziyatni tashvish bilan kuzatishda davom etmoqda. Chikagoda yashovchi ko’p sonli ukrainlar jamoasi ham ular qatorida.
Chikagodagi ukrainlar jamoasi, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:40 0:00
Yuklab oling
Chikagoning g’arbiy qismida joylashgan Ukraina Milliy muzeyi Kiyevda yuz bergan to’polonlarni aks ettiruvchi surat va eksponatlarga ega.

Oleg Sajevich kabi nafaqaxo’rlar uchun bu yer uyni eslatadi.

“Ukam dekabrda Ukrainaga borib keldi. U o’zida maydondagi odamlarga nisbatan hamdardlik his qildi. Maydon hozir Kiyevning asosiy markaziga aylangan”, - deydi u.

Uning ukasi Jorj Sajevich ilgari “Amerika ovozi” uchun muxbirlik qilgan. U Kiyevga fevral oyida ikkinchi bor tashrif buyurganda noma’lum shaxslar hujumiga uchradi.

Ukamning tirik ekanini uning kasalxonadan turib bergan va dunyo bo’ylab telekanallarda tarqatilgan intervyusidan bildim, deydi Chikagoda istiqomat qiluvchi Oleg.

“Bugun ukam bilan gaplashdim. U kasalxonadan chiqqan. Qo’lini operatsiya qilishibdi”, - deydi u.

Jorjning kasalxonadan chiqqani xushxabar bo’lsa-da, Rossiya kuchlarining Qrimni egallab olishga urinayotgani Sajevichlar oilasining tashvishini yanada kuchaytirdi.

“Xotinimning jiyanini eri Odessadagi harbiy bazada. Hozir uning hayoti xavf ostida, chunki baza rus askarlari tomonidan o’rab olingan. Ular Putinnning askarlari, Putinning armiyasi. Agar o’rtada to’qnashuv chiqadigan bo’lsa, uning o’ldirilishi aniq”, - deydi Oleg Sajevich.

Chikagoning ukrainlar yashovchi qismiga borsangiz, hamma joyda olis vatan bilan hamdardlik hissini eslatuvchi ko’k va sariq rangdagi bayroqlarga ko’zingiz tushadi.

Ukrainlar jamiyatida e’tiqod alohida o’ringa ega. Vatan bayrog’i avliyo Nikolas ukrainlar katolik cherkovida ham hilpirab turibdi.

“Bu bizning hamdard ekanimizni, Ukrainada ozodlik yo’lida halok bo’lgan 100 odam uchun ibodat qilayotganimizni ko’rsatadi. An’anamizga ko’ra, u 40 kun davomida osilib turadi”, - deydi cherkov rahbari Bogdan Nalisnik.

Ukrainadagi tartibsiziklar nasorolarning muqaddas Parhez oyiga to’g’ri keldi.

Cherkov rohibi Nalisnik jamoat ibodatlariga boshchilik qilar ekan, ko’nglining bir parchasi Ukrainada yashovchi oilasida ekani aytadi.
Cherkov boshqaruvchilaridan biri Filis Murin Zaparanik ham ana shunday holatda.

“Bu yerdagi ukrainaliklar vatandoshlarining ozodligini saqlab qolish uchun qo’llaridan kelgan barcha yordamni qilmoqda”, - deydi u.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG