Breaking News

Pekinda Kommunistik partiya syezdi; rahbariyat yangilanish arafasida


Xitoy Kommunistik partiyasining 18-qurultoyi, Pekin, 8-noyabr, 2012-yil.
Xitoy Kommunistik partiyasining 18-qurultoyi, Pekin, 8-noyabr, 2012-yil.
Xitoyda Kommunistik partiya qurultoyi boshlandi. Prezidentlik muddati tugayotgan Xu Sintaoning 2000 dan ziyod delegatlarga murojaat qilishicha, partiya hukmronligini saqlab qolmoqchi bo’lsa, korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurashish lozim.

"Agar hukumatni korrupsiyadan xoli tuta olmasak, partiya va hatto, davlatimiz yemirilishi mumkin", - dedi Xu Sintao.

Uning aytishicha, qonun oldida hamma teng va partiya bunga e’tibor berishi zarur. Qurultoy bir hafta davom etadi. Tadbir so’ngida Xu Sintao partiya rahbarligini vitse-prezident Si Zinpinga topshirishi kutilmoqda. Mart oyidan esa bu arbob prezidentlikni ham qo’lga oladi.

Pekinda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Bir necha faollar namoyish qilmoqchi bo’lgan edi, ammo politsiya ularni vaqtinchalik hibsga olgan yoki poytaxtdan narida ushlamoqda.

Shunga qaramay, amaldagi rahbar siyosiy islohotlar va’da qildi.

"Siyosiy tizim islohoti umumiy reformalarning ajralmas qismidir", - dedi Xu Sintao.

Ammo uning aytishicha, Xitoy hech qachon G’arb siyosiy tizimiga taqlid qilmaydi. “Biz o’z xususiyatlariga ega Xitoy sotsializmi yo’lidan boramiz”, dedi u.

Bu o'rtada Xitoyga qarashli Tibet o'lkasida ikki odam Oekin siyosatiga norozilik ramzi sifatida o'zini yoqqan. Jami ikki kunda olti odam shu tariqa o'zini qurbon qildi.

Tibetning surgundagi hukumati Xitoyni o'lkaga nisbatan siyosatiga o'zgartirish kiritishga chaqirmoqda. Faollar nazarida tibetliklar siyosiy faollikdan mahrum, madaniyati va dini siquv ostida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG