Xitoyda korrupsiyada ayblangan hukumat amaldorlari ustidan qo’zg’atilayotgan sud ishlari soni oshib bormoqda. Voqealar rivoji Prezident Si Zinpinning hukumat rasmiylari orasidagi jinoyatchilikka qarshi jiddiy kurashishga bel bog’laganini ko’rsatmoqda.
Xitoy Kommunistik partiyasi qisqa vaqt ichida poraxo’rlikda ayblangan o’ndan ziyod rasmiy ustidan jinoyat ishi ochdi. Ular ichida eng ko’zga ko’ringani, davlat kompaniyalarini boshqaruvchi pravleniye sobiq rahbari Tzyan Tzyeminga qarshi qo’zg’atilgan sud ishidir.
“Amerika Ovozi” o’tgan yildan beri kuzatib kelayotgan bu mahkamalarning aksariyati hukumat tashabbusi bilan emas, balki dastlab internetda yoki matbuotda rasmiylar qo’l urayotgan jinoyatlar haqida ma’lumotlar paydo bo’lgandan so’ng ochilgan.
Ju Ruyfen o’ndan ortiq rasmiyning o’z mansabini suiiste’mol qilayotganini internet orqali ommaga fosh qilgan jurnalist.
“Xitoyda hozir korrupsiyaga qarshi kurashning eng yaxshi yo’li bu internet, ayniqsa “Veybo” xizmati. “Veybo”ning eng ajoyib xususiyati uning ko’pchilikka yetib borishidadir. O’n daqiqada bir maqola 100 mingdan 200 minggacha marta qayta tarqalishi mumkin. Internetning ana shu kuchi hukumatni nazorat qilish kerak, degan fikrga undadi. Ular korrupsiyaga qarshi kurash fuqarolar yoki jurnalistlar tomonidan emas, balki hukumat tomonidan olib borilishi kerak, deb hisoblaydi”, - deydi xitoylik jurnalist.
Xitoy hukumati yaqinda blogger va internet foydalanuvchilari faoliyatini nazorat qilishga qaratilgan yangi qoidalar e’lon qildi. Endi asossiz mish-mish tarqatuvchilar hatto qamoqqa tashlanishi mumkin. Faollar internet orqali korrupsiyaga qarshi kampaniya tez orada o’lishi mumkinligidan xavotirda.
Jurnalist Ju esa bunga parvo qilmasligini aytadi. Internetdagi sayti yaqinda yopib qo’yilganiga qaramay, u korrupsiyaga qarshi kurashdan to’xtamaganini aytadi.
“2011-yildan beri biz kamida 50 hukumat rasmiysi va 33 mahalliy rasmiy ustidan surishtiruv olib bordik. Hukumatning bizga ochiq qarshiligi yo’q deb o’ylayman. Aksincha, o’sha jinoyatchi rasmiylarning bizga qarshi hujumi bular. Jinoyati fosh etilgan odamlar saytimizni yopishga urinadi. So’ng bizni sotib olishga, undan keyin tahdid qilishga va nihoyat nomimizni badnom qilishga o’tadi”, - deydi Ju.
Shanxaydagi Fudan universitetining jurnalistika bo’yicha professori Dag Yonning aytishicha, hukumat yangi qoidalar orqali kimnidir korrupsiyada ayblashdan oldin ikki marta yaxshilab o’ylash kerakligini odamlarga uqtirmoqchi.
“Xitoyda ijtimoiy tarmoqlarning ishlashi shunaqa. Agar men biror rasmiyni nojo’ya ishda ayblasam, gaplarim 20 foiz to’g’ri bo’lsa ham, bu so’zlar yuzlab, hatto minglab marta boshqalarga tarqatiladi. Hech qanday dalilim bo’lmasa ham, o’sha odam endi birdaniga internet olamida jinoyatchiga aylanib qoladi. Aslida u hech narsa qilmagan bo’lishi mumkin”, - deydi xitoylik professor.
Yaqinda Kommunistik partiya fuqarolardan korrupsiyaga doir shikoyatlarni qabul qilish uchun maxsus saytni ishga tushirdi. Odatda korrupsiyada ayblangan rasmiylar sudga topshirilishidan oldin qilmishi partiya tomonidan ko’rib chiqilib, ularning aybi bor-yo’qligi borasida rasmiy xulosa e’lon qilinadi.
Yangi ishga tushgan hukumat saytida shikoyatchilar anonim tarzda ham ma’lumot qoldirishi mumkin.
Pekindagi Tsingua universiteti professori Ren Tzenmin ushbu yangilikni ijobiy qadam deya olqishlaydi. Ammo, avvalo, huquqiy sohani isloh qilish kerak, deydi u.
“Hukumatning korrupsiyaga qarshi qanchalik jiddiy kurashga kirishganini uning huquqiy tizimdagi kamchiliklarni bartaraf etish niyati bor yoki yo’qligidan bilib olishimiz mumkin. Bu kampaniyadagi eng muhim masala korrupsiyaga qarshi kurash tizimidagi strukturani isloh qilishdir”, - deydi professor Tzenmin.
Uning aytishicha, rasmiylar orasida uchraydigan jinoiy hollarga qarshi kurashda fuqarolarning ham ishtiroki muhim. Hukumat oddiy odamlarning bu harakatini qo’llab-quvatlashi lozim, deydi Tzenmin.