Xitoy prezidenti Si Zinpinning Markaziy Osiyo bo’ylab safari davom etmoqda. Tashrif Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Bishkekdagi sammiti bilan yakuniga yetadi. Ekspertlar sobiq sovet respublikalari bilan yirik iqtisodiy shartnomlar imzolayotgan Pekinning mintaqada qudrati oshib borayotganidan xavotirda.
Xitoy rahbarining O’zbekistonga tashrifi davomida ham qator shartnomalar imzolandi. Islom Karimov va Si Zinpin strategik sheriklik bitimini yanada rivojlantirish to’g’risida hujjatga qo'l qo'ydi. Ma'qullangan loyihalarning umumiy qiymati 15 millard dollar miqdorida baholanadi.
Xitoy prezidenti O’zbekiston bilan energetika bobida hamkorlikni rivojlantirish, sanoat va qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan hududlar barpo etish, “Xitoy-Qirg’iziston-O’zbekiston” temiryo’l qurilishini ishga tushirish kabi takliflar bilan chiqdi.
Hamkorlikni qadrlashini aytgan Karimov Pekin yordamni biror siyosiy shartsiz amalga oshirayotganini alohida ta’kidladi. Rasmiy Toshkent tashqi va ichki siyosatda ham Xitoy hukumati pozitsiyasini qo’llab-quvvatlashini izhor etgan.
Ekspertlarga ko’ra esa kommunistik davlat nafaqat O’zbekiston, balki butun Markaziy Osiyoda ta'sirini allaqachon oshirib bo’lgan. Mintaqa Xitoy tovarlari bozoriga aylangan, tabiiy zaxiralar bo’yicha imzolangan so’nggi bitimlar region Xitoy xom-ashyo bazasiga aylanayotganini ko’rsatmoqda. Toshkentdagi muzokaralarda O’zbekiston-Xitoy gaz quvurini yangi yo’nalish bilan boyitishga kelishildi.
Xitoyning elchisi Chjan Syaoning O’zbekiston matbuotiga aytishicha, hamkorlik yaqin kelajakda yangi shartnomalar hisobiga yanada kengayadi.
Bu orada, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti yordamida Xitoy nafaqat iqtisodiy, balki hududiy jihatdan ham mintaqaga yaqinlashdi. Pekin Tojikiston va Qirg’izistonga tegishli ayrim hududlarni o’z tasarrufiga oldi.
Markaziy Osiyo va Pekin o’rtasida joylashgan Shinjon-Uyg’ur muxtor rayonini xitoylashtirish siyosati yanada kuchaydi, uyg’urlar qatag’oni masalasida mintaqa Xitoy yordamchisiga aylandi.
“Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tuzilgandan keyin mintaqa davlatlarida uyg’urlar faoliyati bilan bog’liq biror tadbir, konferensiya o’tkazish taqiqlab qo’yildi. Xitoyning Shanxay Hamkorlik Tashkilotidan asosiy maqsadi ham uyg’urlar ozodlik harakatiga mintaqa davlatlarining qo’li bilan bolta urishdir. Bunga sabab, albatta, qo’shni davlatlarda Karimov bo’lsin, Nazarboyev bo’lsin, hukumatda, asosan, [sobiq] kommunistlarning o’tirgani bilan bog’liq. Bu davlatlardagi vaziyat ham Xitoydagi diktaturaga juda o’xshash, demokratik erkinliklar cheklangan. Bu respublikalar qardosh uyg’urlar masalasida Xitoy hukumati pozitsiyasini ma’qullab kelishayapti, bu bizni juda afsuslantiradi”, - deydi markazi Germaniyada joylashgan Dunyo uyg’urlar kongressi bosh kotibi To’lqin Isa.
Si Zinpin Samarqandni Karimov hamrohligida aylanmoqda. Imzolangan kelishuvlar orasida Samarqandda Konfutsiy nomidagi institut tashkil etish haqidagi bitim ham bor.