Xitoy Shinjon-Uyg'ur muxtoriyatida 13 odamni terrorizm va qonli jinoyatlarda aybdor topib qatl etgan.
"Sinxua" axborot agentligining bildirishicha, bugun o'ldirilgan bu shaxslar yetti jinoiy ishga aloqador bo'lgan.
Xuddi shu bugun, Xitoy sudi Tiananmen maydonida o’tgan yili sodir etilgan hujum uchun uch odamni o’limga mahkum etdi. Urumchi sudi yana bir kishini umrbod ozodlikdan mahrum etib, yana to’rt nafarini besh yildan 20 yilgacha qamadi.
Ular o’tgan oktabr oyida poytaxt Pekindagi xurujni rejalaganlikda aybdor topildi.
O’shanda Tinanmen maydonida mashina turistlarni bosib ketib besh odam jon bergan edi. Yana 40 kishi jarohatlangan. O’lganlar orasida haydovchi, uning rafiqasi va qaynonasi bo’lgan.