Breaking News

Xitoyda Shi Zinpin rasman prezidentlikni qabul qildi


Xu Zintao o'rniga kelgan Shi Zinpin iqtisodiyotni yanada jonlantirishga va'da berayapti.
Xu Zintao o'rniga kelgan Shi Zinpin iqtisodiyotni yanada jonlantirishga va'da berayapti.
Xitoy Kommunistik partiyasi rahbari Shi Zinpin bugun rasman prezidentlikni qabul qildi.

59 yoshli arbob noyabrda partiya bosh kotibi va armiya rahbari lavozimlariga kirishgan edi.

Shi Zinpin har 10 yilda bir o’tadigan hukumat almashinuvi doirasida 69 yoshli Xu Zintao o’rniga keldi.

Yangi rahbar Xitoy iqtisodiyotini yanada jonlantirishga, tabiatni muhofaza qilib, jamoatchilikning g'azabini uyg'otayotgan illat, partiya safidagi poraxo’rlikni tugatishga va’da berayapti.

Shi Zinpin ko'pni ko'rgan, tajribali, ko'p safarlarda bo'lgan siyosatchi, G'arb bilan yaqindan tanish.

Otasi Kommunistik partiyaning obro'li vakili bo'lgan. Qizi Garvard Universitetida tahsil olmoqda.

Prezidentning ittifoqchisi, safdoshi Li Yuanchao vitse-prezident lavozimini egalladi.

Xitoylik huquq faoli/Chinese rights activist
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:21 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG