Xitoylik siyosiy dissident Chen Guanchen “Amerika Ovozi”ga bergan eksklyuziv intervyusida Xitoy hukumatini inson huquqlarini e’zozlashga chaqirdi.
O’tgan yil may oyida Chen AQShning Pekindagi elchixonasiga borib, siyosiy boshpana so’ragan. Keyinchalik bu mamlakatga keldi. Yaqinda Vashingtonda u nufuzli mukofot bilan taqdirlandi.
Qonunchilar va Gollivud kino yulduzlari davrasida ko’zi ojiz faol Chen Guanchen Tom Lantos nomidagi inson huquqlari sovrini bilan taqdirlandi. Vatanida u ayollar huquqlari uchun kurashgan, qishloq joylarida yer islohotiga da’vat etgan. Hukumatning “bir oilaga bir farzand” siyosatiga qarshi chiqqani bilan tanilgan.
“Yakkahokimlik Xitoyda chuqur ildiz otgan. Zamonaviy jamiyatda qoloq tasavvurlarga o’rin yo’q”, - deydi faol.
Bunday qarashlari uchun 19 oy uy qamog’ida o’tirgan Chen Guanchen oxir-oqibat AQSh elchixonasidan himoya so'radi. Xalqaro bosim ostida rasmiy Pekin unga Nyu-York universitetida tahsil olishga ruxsat berdi va Chen rafiqasi bilan AQShga keldi.
“Amerika Ovozi” bilan suhbatda huquqbon uy qamog’idan qochganidan keyin uning oila a’zolari ta’qib qilinganini aytadi. Yaqinlarimni kaltaklashdi, boshqalari hibsga olingi, lekin hech bir mansabdor buning uchun jazoga tortilmadi, deydi u.
“Tergov ishi qo’zg’atilmagan. Bu masalada hech qanday siljish yo’q. Aksincha, oila a’zolarimni ta’qib qilgan rasmiylar kattaroq lavozimlarga ko’tarildi”.
Uning nazarida, AQSh hatto iqtisodiy manfaatlar deb ham inson huquqlari borasidagi talablarini yumshatmasligi kerak.
“Bu masalaga ko’proq e’tibor zarur, AQSh jamoatchiligi shuni talab qiladi. Amerikani Amerika qilgan tamoyillardan biri bu axir. O’z qadriyatlaringizni himoya qiling,” - deydi Chen.
AQSh Biznes institutida Xitoy bo’yicha mutaxassis Maykl Mazza deydiki, Vashington Xitoyda huquq targ’ibotini kuchaytira oladi, lekin imkoniyatlar cheklangan.
“Chen AQSh Xitoyni huquq masalasida siquvga olishi kerak deydi. Bu oson emas. Lekin bosimni oshirib, inson huquqlari toptalishi hollarining kamayishiga hissa qo’shishimiz mumkin, albatta. Ayni vaqtda Xitoy bilan munosabatlarni tahdid ostiga qo’ymaslik ham muhim”.
Chen Guanchen kabi huquq himoyachilarini nufuzli mukofotlar bilan taqdirlash yaxshi amaliyot, deydi Mazza. Bu Xitoydagi boshqa faollarga umid baxsh etadi.