Breaking News

Xitoy "bir oilaga bir bola" siyosatini yumshatishi mumkin


Shanxaylik pionerlar, 5-noyabr, 2012-yil.
Shanxaylik pionerlar, 5-noyabr, 2012-yil.
Xitoyning aholi va oilani rejalashtirish bo’yicha komissiyasi sobiq raisi Dzyan Vey Chinning aytishicha, hukumat “bir oilaga bir bola” siyosatini yumshatish ustida o’ylanmoqda. Bunga sabab Xitoy aholisining keksayayotgani.

Amaldagi qonunga ko’ra, oilada yagona farzand bo’lgan ota-ona ikkinchi bola ko’rish uchun ruxsat olishi mumkin. Qonunni isloh qilib, yolg’iz farzand bo’lmagan ota-onalarga ham qo’shimcha farzand ko’rishga ruxsat berish taklifi o’rganilmoqda.

Islohotlar avval demografik muammo bilan yuzlashayotgan hududlarda joriy etiladi. Ya’ni aholisining o’rtacha yoshi katta va migrant ishchilar ko’p rayonlarda.

“Bir oilaga bir bola” siyosati aholining keskin ko’payishi munosabati bilan 1979-yilda qabul qilingan. Ayni damda Xitoy aholisi bir milliard 300 milliondan ortiq.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG