Breaking News

Xitoy Pelosining Tayvanga safari urushga sabab bo'lishi mumkinligiga ishora qildi


Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so'zlovchisi Jao Litzyan
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so'zlovchisi Jao Litzyan

Xitoy hukumati AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining avgust oyida rejalangan Tayvanga safari yuzasidan keskin norozilik bildirishi va bunday qadam hatto Pekinni Tayvanga qarshi harbiy kuch ishlatishga majburlashi mumkinligi haqida ogohlantirishi ketidan AQSh Prezidenti Jo Bayden harbiylar Pelosining safariga qarshi ekanini aytdi.

Xalqaro hayot - 21-iyul, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:53 0:00

“Agar Qo’shma Shtatlar bu ahdidan qaytmasa, Xitoy milliy suvereniteti va hududiy dalxsizligini qat’iyat va kuch bilan qattiq himoya qiladi. Buning oqibatlariga esa Qo’shma Shtatlar javobgar bo’ladi”, - degan edi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Jao Litzyan.

Pelosi Tayvanga aprel oyida borishi kerak edi, biroq koronavirusga chalinib, safar avgustga ko’chirilgan edi.

Xitoy o’nlab yillardan beri mustaqil siyosat yuritib keluvchi Tayvanni o’z hududi deb biladi. Rasman Xitoy Respublikashi deb ataluvchi bu orol davlatda 22 million aholi yashaydi.

Ayrim kuzatuvchilarga ko’ra, Pekin uni o’z nazoratiga harbiy kuch bilan qaytarishga urinib ko’radi va ayni damda Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotini bo’lajak bosqin uchun diqqat bilan o’rganmoqda.

Qo’shma Shtatlar Tayvanni uzoq yillardan beri qo’llab-quvvatlab keladi, uni qurol bilan ta’minlaydi.

AQShda Vakillar palatasining spikeri prezident va vitse-prezidentdan so’ng uchinchi qudratli lavozim bo’lib, so’nggi bor quyi palata raisi Tayvanga 25 yil oldin borgan edi.

Pelosi Pekinning AQShdagi ashaddiy tanqichilaridan hisoblanadi. Ushbu safari davomida Indoneziya, Malayziya, Singapur va Yaponiyaga borishi mumkin.

Bayden Xitoy Prezidenti Si Zinpin bilan Tayvan mavzusida oy oxirigacha telefon orqali gaplashmoqchi ekanini ma’lum qildi. So’nggi bor ikki rahbar mart oyida muloqot qilgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG