Breaking News

AQSh-Xitoy aloqalarining virtual sammitdan keyingi istiqboli


Virtual sammit paytida
Virtual sammit paytida

AQSh va Xitoy prezidentlari virtual sammitda ochiq muloqot qilishga kelishganiga qaramay, tahlilchilar nazarida, ikki davlat munosabatlarining tubdan ziddiyatli tabiati o’zgarmaydi.

Xalqaro hayot - 17-noyabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:49 0:00

“Xitoy va AQSh rahbarlari rolidagi majburiyatimiz mamlakatlarimiz o’rtasidagi raqobatning qasddan yoki qasdsiz mojaroga aylanishining oldini olishdan iborat. Oddiy raqobat bo’lishi kerak”, - dedi Jo Bayden.

“Xitoy va AQSh muloqot va hamkorlikni kuchaytirishi zarur. Ichki siyosatini yuritgan holda xalqaro majburiyatlarini ham unutmasligi kerak”, - dedi Si Zinpin.

Dushanba kungi sammit ohangi do’stona bo’lganiga qaramay, tahlilchilar bu munosabatlarning tubdan ziddiyatli tabiatini o’zgartirmasligini aytadi.

“Sammit psixolog qabulidagi er-xotinni eslatadi. Ya’ni hech bir taraf oilaviy hayotini o’zgartirishga harakat qilmagan holda psixologni o’z tomoniga og’dirishga va ikkinchi tarafga qarshi chiqishga ko’ndirishga urinmoqda”, - deydi Vashingtondagi Uilson markazidan Robert Deyli.

Ikki mamlakat o’rtasidagi eng og’riqli masala – Tayvan. Bayden AQSh “Yaxlit Xitoy” siyosatiga sodiq ekanini, biroq Pekindagi hukumatdan mustaqil ma’muriyatga ega oroldagi joriy vaziyatni o’zgartirishga qaratilgan bir tomonlama harakatlarga mutlaqo qarshiligini aytadi.

“Tayvan bo’g’ozi bo’ylab tinchlik va barqarolikni ta’minlash, shaffof aloqani yo’lga qo’yish, tushunmovchiliklarning oldini olish ikki mamlakat harbiylari, milliy xavfsizlik kengashlari, diplomatlari ishining muhim va intensiv qismi bo’ladi”, - deydi AQSh milliy xavfsizlik maslahatchisi Jeyk Sullivan.

Sammit ketidan Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Tayvanda mustaqillik g’oyasi tarafdorlarini Pekinni qo’zg’atmaslikka chaqirdi.

"Xitoy suvereniteti va hududiy yaxlitligiga kelganda murosaga o’rin yo’q”, - dedi vazirlik rasmiysi.

Bayden va Si harbiy salohiyat, yadroviy qurollar nazorati, kiber-xavfsizlik kabi nozik masalalarda strategik barqarorlik bo’yicha muloqot olib borishga kelishdi. Har ikki tomon barqaror aloqalar tarafdori.

“Si barqarorlikka urg’u bermoqchi. U Olimpiya o’yinlari va Kommunistik partiya 20-qurultoyining yaxshi o’tishi uchun xalqaro vaziyatning barqaror bo’lishini istaydi”, - deydi Vashingtondagi Strategik va xalqaro aloqalar markazida Xitoy bo’yicha mutaxassis Bonni Lin.

Xitoy Tinch okeani hududidagi harbiy harakatlarini davom ettirishi kutilmoqda, biroq Vashington ularni provokatsion deb ko’rmoqda. Bu o’rtada Pekin Bayden ma’muriyati dekabr oyida tashkil etayotgan “Demokratiya sammiti”ga xavotir bilan qaramoqda.

“Sammitdan maqsad faqat Xitoyni muhokama qilish emas, Yevropada avtoritar hukumatlar kuchaymoqda. Biroq Xitoy tadbirni tikandek his qiladi. Bundan tashqari Bayden ma’muriyati Hind va Tinch okeani mintaqasiga doir yangi strategiyasini e’lon qilishi kutilmoqda, Xitoy bo’yicha siyosatini ham qayta ko’rib chiqmoqda”, - deydi Deyli.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG