Xitoy boshqaruvi ostidagi Tibetda mahalliy faollar Pekinni o’lka madaniyatini poymol qilayotganlikda ayblab, turli yo’llar bilan noroziligini bildirmoqda. Hududda, ayniqsa, o’zini yoqishlar keng tarqalmoqda. Tibetliklar shu tariqa jahon hamjamiyati diqqatini o’z muammolariga qaratmoqchi. Biroq norozilikni aks ettirishning xavfsiz yo’llari ham bor.
Amerika Ovozi muxbiri Ayven Brodxed yaqinda Hindistonning Daramsala shahridagi tibetliklar bilan uchrashdi. Tibetning surgundagi hukumati o’sha yerdan turib ozodlik uchun kurashib keladi.
Tamdin Tsetan taniqli tibetlik rassom bo’lib, she’r yozadi, xalq qo’shiqlarini kuylaydi. Xevi metal uslubida ijro etuvchi ko’zga ko’ringan tibetliklardan biri.
"Men ozodlikdan ilhomlanaman. Sevgi haqida deyarli kuylamayman, axir biz bu yerga sevgini deb kelmaganmiz. Erkinlik istab kelganmiz. Qo’shiq aytasizmi, san’atning boshqa turlari bilan shug’ullanasizmi, markaziy mavzu Tibet ozodligi bo’lishi lozim", - deydi u.
O’lka diniy rahnamosi Dalay Lama Pekindan to’liq mustaqillik emas, muxtoriyat talab qilib keladi. Tamdin uning bu siyosatini qo’llab-quvvatlaydi.
Biroq Dorji Tseten kabi yoshlar nazarida tibetliklar Xitoy hukmronligi ostida yashashni istamaydi.
"Biz mustaqil bo’lishni istaymiz. Bizni Xitoy kommunistik rejimi emas, o’zimiz boshqarishimizni istaymiz. Kurashdan maqsadimiz ham shu", - deydi “Talabalar Ozod Tibet uchun” harakati a’zosi.
Shu kungacha 100 dan ziyod tibetlik, xoh o’lkada bo’lsin, xoh xorijda, o’ziga o’t qo’yib, Xitoy siyosatiga noroziligini shu tariqa ifoda etdi.
Biroq talabalar harakati radikal bo’lmagan boshqa usullarni targ’ib qilmoqda. Ular nazarida bunday usullar xavfsiz, samarali va Xitoy qonunchiligi doirasida.
"Masalan, tibetliklar sabzavotlarni xitoy do’konlaridan emas, tibetliklardan sotib ola boshladi. Xitoy tilidan ko’ra, tibetchada ko’proq so’zlashyapmiz, tibetcha kiyinish targ’ib qilinmoqda. Shu tariqa o’zligimizni tiklab, zolim bilan hamkorlik qilmay, unga qarshi kurashyapmiz", - deydi Dorji Tseten.
Faollar nazarida kurashning bunday passiv ko’rinishi Maxatma Gandi va Martin Lyuter King ta’limotlariga mosdir. Maqsadimizga erishishga yordam bermoqchi bo’lganlar shu usuldan foydalanishi mumkin, deydi Tseten.
"Xitoy iqtisodiyoti va uning o’z davlatingizga bo’lgan ta’sirini boykot qilish bilan Tibetga yordam bergan bo’lasiz", - deydi Tseten.
Xitoyning zolim siyosati hamda tibetliklarning o’zligi, huquqlari va Dalay Lamaning Tibetga qaytishi yo’lidagi kurashi bu elat vakillarini birlashtirdi.
"Tibet inson huquqlari va demokratiya markazi vakili Tsomo Tserinning aytishicha,
Xitoydek yirik davlatga qarshi birlashmasdan kurashib bo’lmaydi. Maqsadni aniq qilish kerak", - deydi faol.
Xitoyda iqtisodiy taraqqiyot tibetliklarga ham foyda keltirgan bo’lsa-da, aksariyati ozodlik uchun kurash yo’lidan qaytmoqchi emas.