Tibetda bir necha kishi o’ziga o’t qo’yganidan keyin AQShning Xitoydagi elchisi Geri Lok hududga safar qilgan, monastirlarni borib ko’rgan. Lok rasmiy Pekinni tibetliklarga nisbatan repressiv siyosatni to’xtatishga da’vat etmoqda.
Internet orqali AQSh ahli bilan uyushtirilgan muloqotda elchi Geri Lok Tibetdagi ahvol, safari haqida batafsil gapirdi.
“Biz Xitoy rasmiylaridan Tibet xalqi vakillari bilan uchrashishni so’raymiz. Hududda odamlarning o’ziga o’t qo’yish hollari va zo’ravonlikka yetaklayotgan siyosat qayta ko’rib chiqilishi kerak. Xitoyda inson huquqlari borasidagi vaziyat bizni tashvishlantiryapti”.
Xitoyning yuqori darajali rasmiylari Tibet rahnamosi Dalay Lama va surgundagi hukumat vakillari bilan uchrashishdan bosh tortib keladi.
AQSh elchisi Xitoyning Sichuan viloyati Aba prefekturasiga tashrifi haqida to’xtalgan. O’ziga o’t qo’ygan tibetliklarning qariyb uchdan ikki qismi aynan shu yerda yashagan.
O’tgan hafta yana yetti tibetlik o’zini yoqqan. Shu tariqa 2009-yildan buyon bu raqam 60 kishiga yetgan. Vashington Pekin bilan Tibetdagi ahvol haqida doimiy muloqotda. Ammo AQSh elchisi bu mintaqaga ko’pam safar qilavermaydi.
Tibet madaniyati va an’analariga qiziqish, hurmat-ehtirom ko’rsatish ma’nosida bordim, deydi elchi Lok:
“So’nggi yillarda kuzatilgan zo’ravonlik, joniga qasd qilish kabilar bizni juda tashvishga solmoqda. Ahvol achinarli. Bunga chek qo’yish kerak. Odamlar noroziligini bildirish uchun unday yo’llarni tanlamasligi kerak. Juda ko’p odam nobud bo’ldi, juda ko’p”.
O’tgan oy “New York Times” gazetasida elchi Lokning tibetlik keksa ruhoniy bilan rasmi chop etilganidan so’ng AQSh Davlat Departamenti safar haqidagi ma’lumotni tasdiqlagan edi.
Nashrda yozilishicha, Lok Aba prefekturasidan 160 kilometr narida joylashgan Songpan tumaniga borib, ikki ibodatxonani ziyorat qilgan. Aba sayyohlar uchun yopiq manzillardan, Songpan esa eng ommabop turistik maskan sanaladi.
Isyonkor Tibetda namoyishlar va chiqishlar 2008-yilda ayniqsa shiddatli tus olgan edi. Rasmiy Pekin qo’zg’olonni ayovsiz bostirib, politsiyachi va askarlari sonini oshirgan. Xalqaro hamjamiyat e’tiroziga esa Xitoy ichki ishlarimizga aralashmang, deya javob qaytarib keladi.
Elchi Lok bayonotiga, xususan, Tibetga doir siyosatni qayta ko’rib chiqish haqidagi da’vatga izoh berar ekan, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Xon Li:
“Siyosiy fitna, g’alamislik bu. Tibetdagi vaziyat Xitoyning ichki ishi va tashqi kuchlar aralashishiga mutlaqo qarshimiz”, - dedi.
Tibet ahli o’z joniga qasd qilish hollari chetdan rejalangan ig’vo emas, xalq fig’oni bu, deydi. Xitoy hukumati e’tiqod erkinligi va inson huquqlarini shafqatsizlarcha ezganiga javob bu, deydi ular.