Breaking News
Din

Xitoy diniy ekstremizm aybi bilan 19 uyg’urni qamadi


Xitoyning Shijon uyg’ur muxtoriyatida sud 19 uyg’urni diniy ekstremizmni targ’ib qilganlikda ayblab, qamagan.

Internetda jihod va elatlararo adovat haqida yozgan shaxs eng ko’p – olti yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Boshqalari jamoat tartibini buzganlik, global tarmoqda g’iybat tarqatganlik kabi ayblovlar bilan ikki yildan besh yilgacha qamalgan.

Xitoy uyg’ur ekstremistlarining xavfi tobora ortib borayotgani, bu kuchlar mamlakat birdamligiga tahdid ekanini ta’kidlaydi.

Huquq faollari nazarida rasmiy Pekin xavfni atayin bo’rttirib ko’rsatayapti va shu tariqa Shinjonda politsiyachilar sonini oshirish, musulmonlar ustidan nazoratni kuchaytirish uchun bahona izlayapti.

Joriy yilning martida Qashqardagi olishuvlar 21 odamni hayotdan olib ketgan edi. Hukumat voqeani diniy terrorizm deb izohlasa, aksariyat uyg’urlar to’qnashuvni huquq-tartibot xodimlari atayin qo’zg’atgan, deydi.

Jahon Uyg'urlari yetakchisi Robiya Qodir bilan suhbat/Rebiya Kadeer, Uyghur leader talks to VOA Uzbek
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:27:30 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG