Breaking News

Xitoyda uyg'ur ziyolisiga ayirmachilik aybi qo'yildi


Shinjonlik professor Ilhom To'xti
Shinjonlik professor Ilhom To'xti
Pekindagi kvartirasidan olib ketilgandan olti hafta o’tib, professor Ilhom To’xtiga rasman ayirmachilik aybi qo’yildi. Shuningdek, To’xtining uch talabasi ham qamoqqa olingan. Ular ayirmachilik va davlat sirlarini oshkor qilganlikda ayblanmoqda. Bu haqda professor To’xtining turmush o’rtog’i Go’zalnur xabar berdi.

Ayni paytda g’arbiy Shinjondagi qamoqxonada qolayotgan Ilhom To’xtiga advokati bilan ko’rishish imkoni berilmayapti.

Jinoyat ishiga davlat siri aralashganini ro’kach qilishib, mijozim bilan ko’rishishimga ruxsat berishmadi, deydi huquqshunos Li Fangpin.

Uning aytishicha, ayblovlar asossiz.

“Ilhom bir paytlar to’rtta fikrdan iborat bayonot chiqargan edi. Ulardan birida ayirmachilikka qarshi ekanini aytgan. Endi esa uni separatizmda ayblashyapti. Ayblovlarda dalil yetishmaydi, ishonish qiyin”, - deydi Fangpin.

Ilhom To'xti markaziy Xitoy hukumati oz sonli uyg’urlarga yaxshi e’tibor bermayotgani haqida ochiq gapirgani bilan taniqli edi. Ammo u hech bir joyda Xitoydan ajralib chiqish haqida og’iz ochmagan, deydi uning advokati.

Agar aybdor deb topilsa, To’xti 10 yilgacha qamoq jazosiga yoki hatto o’limga hukm etilishi mumkin.

Xitoy Shinjonda taqiqlangan Sharqiy Turkiston islomiy harakatiga mansub uyg’ur terrorchilariga qarshi kurash olib borayotganini aytadi. G’arbdagi ko’plab huquq faollari esa Pekinni xavflarni bo’rttirib ko’rsatayotganlikda va mahalliy xalq dini va madaniyatini toptayotganlikda ayblaydi.

AQSh Davlat departamenti ma’lumotiga ko’ra, Xitoyda etnik ozchilik bo’lgan uyg’ur va Tibet xalqining huquq va erkinliklari keskin cheklangan. Shuningdek, ular mamlakat ichida erkin harakatlanish huquqiga ham ega emas.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG