Breaking News

Xitoyda taniqli uyg'ur ziyolisi Ilhom To'xti hibsga olingan


Professor Ilhom To'xti Markaziy millatlar universitetida dars berib keladi. Ma'ruzalarida hukumatni tanqid qilishdan qo'rqmaydigan olim bir necha bor qamoqqa olingan.
Professor Ilhom To'xti Markaziy millatlar universitetida dars berib keladi. Ma'ruzalarida hukumatni tanqid qilishdan qo'rqmaydigan olim bir necha bor qamoqqa olingan.
Xitoy politsiyasi taniqli uyg’ur faoli, professor Ilhom To'xtini hibsga olgan. Pekinda Markaziy millatlar universitetida iqtisodyot bo’yicha domla Shinjonda uyg’urlarga nisbatan siyosatning tanqidchilaridan.

Rafiqasining aytishicha, politsiya olimning uyidan telefonlari va kompyuterlarini olib chiqqan.

"Erim yomon ish qilgani yo’q. Shinjonda barqarorlik haqida maqolalar yozgan, xolos. Qo’rqadigan joyimiz yo’q", - deydi Guzayli Nuer.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko’ra, Ilhom To'xti jiddiy jinoyatlar sodir etganlikda va qonunni buzganlikda gumon qilinayapti.

45 yoshli uyg’ur professori o’tmishda ham turli sharhlari uchun ushlangan. Xususan, noyabrda politsiya uni o'ldirishini aytib po'pisa qilgan.

U maqolalarida Xitoy hukumatining Shinjon-Uyg'ur muxtoriyatida qattiqqo’l siyosatini tanqid qilib keladi. Rasmiy Pekin esa ajnabiy ekstremistlar bilan olishayotganini ta'kidlaydi.

Inson huquqlari himoyachilari va surgundagi uyg'ur faollari nazarida Pekin ekstremizm, terrorizm tahdidini bo'rttirib, musulmon aholiga qarshi zulmini oqlamoqchi.

Kommunist davlat Shinjondagi g'alayon va norozilik chiqishlarini taqiqlangan Sharqiy Turkiston Islomiy Harakatiga aloqador uyg'ur terrorchilar bilan bog'laydi. Bu odamlar qo'shni Pokistondagi jangari lagerlarida mashq o'tgan, deydi rasmiylar.
Ilhom To'xtining onasi Nasibaxon, rafiqasi Guzayli Nur politsiya kelib-ketganidan keyin, Pekindagi uyida.
Ilhom To'xtining onasi Nasibaxon, rafiqasi Guzayli Nur politsiya kelib-ketganidan keyin, Pekindagi uyida.

2001-yil 11-sentabr xurujidan keyin Amerika Davlat departamenti Sharqiy Turkiston Islomiy Harakatini terrorist tashkilotlar ro'yxatiga kiritdi. Xitoy bu guruhni al-Qoida, Osama bin Laden bilan hamkorlikda ayblab chiqdi.

Ilhom To'xti bu da'voni qayta-qayta savolga tutgan. 2011-yilda "Amerika Ovozi" bilan suhbatda u "Osama bin Laden bilan uyg'ur ahlini bog'lagan odamlar agar aqli bo'lsa, og'zini yumishi kerak" degan.

Jahon Uyg'urlari yetakchisi Robiya Qodir bilan suhbat/Rebiya Kadeer, Uyghur leader talks to VOA Uzbek
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:27:30 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG