Breaking News

Kuzatuvchilar: Shinjonda ekstremistik kayfiyatni gijgijlayotgan Xitoyning o’zi


Kuzatuvchilar: Shinjonda ekstremistik kayfiyatni gijgijlayotgan Xitoyning o’zi
Kuzatuvchilar: Shinjonda ekstremistik kayfiyatni gijgijlayotgan Xitoyning o’zi

Xitoy g’arbi, Shinjon-Uyg’ur muxtoriyatida yashovchi musulmon aholi ko’pdan beri zulm, adolatsizlik va diskriminatsiyadan dod deb keladi.

Xitoy hukumati hududni qattiq nazorat qilishiga qaramasdan, so’nggi oylarda politsiya va uyg’urlar orasida bir necha bor to’qnashuvlar ro’y berdi.

O’tgan yilning dekabrida Shinjondagi otishmada sakkiz kishi halok bo’lgan edi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Xong Ley voqeani izohlar ekan, politsiya maxsus operatsiya natijasida ikki cho’ponni “terrorchilar” qo’lidan ozod etganini aytadi. “Jinoiy to’da ularni xorijdagi jihodchilar lageriga olib ketmoqchi bo’lgan”, - deya qo’shadi rasmiy.

Davlat matbuotida ham otishma “terrorizmga qarshi kurash” sifatida yoritildi. Rasmiy tilga olgan jinoiy to’daning a’zolari uyg’urmi, xitoylarmi, noma’lum. Shuni bilamizki, voqea ro’y bergan Xo’tan shahrining 90 foiz aholisi uyg’urlar.

Kuzatuvchilar: Shinjonda ekstremistik kayfiyatni gijgijlayotgan Xitoyning o’zi
Kuzatuvchilar: Shinjonda ekstremistik kayfiyatni gijgijlayotgan Xitoyning o’zi

To’qnashuvda to’rt odam jarohatlangan, yana to’rt nafari hibsga olingan. Xitoy rasmiysiga ko’ra, ular terrorizmga aloqador ekani isbot talab qilmaydi.

Xorijdagi uyg’ur jamoatchiligi, bu elat manfaati uchun kurashib kelayotgan faollar ta’biricha esa hukumat tarqatgan xabarlar haqiqatdan juda yiroq.

Germaniyada asoslangan Jahon Uyg’urlari Kengashi vakili Dilshod Rashidning aytishicha, yuqorida tilga olingan uyg’urlar terrorist emas, balki zulmdan to’yganidan mamlakatni tark etmoqchi bo’lgan xolos.

“Xitoy bizni terrorist deb tamg’alashidan maqsad bitta, u ham bo’lsa Shinjon ahliga nisbatan repressiya va tazyiqlarni davom ettirish”, - deydi u.

Kuzatuvchilar: Shinjonda ekstremistik kayfiyatni gijgijlayotgan Xitoyning o’zi
Kuzatuvchilar: Shinjonda ekstremistik kayfiyatni gijgijlayotgan Xitoyning o’zi

Uyg’ur yetakchilari izohicha, norozilik va zo’ravonliklarning asl sabablari - Xitoy bu elatni haq-huquqidan, madaniyatidan ayirayotganida. Uyg’urlar Sharqiy Turkiston deb atovchi o’lkada tenglik va erkinlik yo’qligida.

Tahlilchi Rafaello Pantuchining aytishicha, Xo’tandagi to’qnashuvlarni turlicha talqin qilish mumkin. Ammo bir narsa ayon.

“Odamlar muxtoriyatni tark etishga, uy-joyini tashlab ketishga harakat qilayapti. Ularni bunga majbur qilayotgan omillar bor”, - deydi olim.

“Uyg’urlar orasida zo’ravonlik yo’lini tanlagan odamlar borligini ham tan olish kerak. Ularni katta bir harakatga qiyoslash qiyin. Biroq musulmon aholi orasida ekstremistik kayfiyat qay darajada avj olishi ko’p jihatdan Xitoy hukumatining o’ziga, siyosatiga bog’liq”, - deya qayd etadi ekspert.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG