Breaking News

AQSh Osiyoga e'tiborni oshirar ekan, Xitoy raqobatga tayyor


AQSh Osiyoga e'tiborni oshirar ekan, Xitoy raqobatga tayyor
AQSh Osiyoga e'tiborni oshirar ekan, Xitoy raqobatga tayyor

AQSh Osiyoga e'tiborni oshirar ekan, Xitoy raqobatga tayyor
AQSh Osiyoga e'tiborni oshirar ekan, Xitoy raqobatga tayyor

AQSh-Xitoy o’rtasidagi murakkab aloqalar 2012-yilda yana sinovdan o’tadi. Har ikki davlatda rahbarlar o’zgarmoqda yoki o’zgarishi mumkin. Bundan tashqari bugun Tayvanda, Xitoy o’ziniki deb biluvchi orolda, prezident saylovlari o'tdi. Amaldagi rahbar Ma Ying-Jeu qayta saylandi.

Tayvan 1950-yillar, Xitoy fuqaro urushida yengilgan tomon bu orolga qochib hukumat tuzganidan beri o’zini mustaqil ravishda boshqarib keladi. Suverenitet rasman e’lon qilinsa, Xitoy harbiy kuch qo’llashi haqida ogohlantirib keladi. AQSh, o’z navbatida, Tayvan himoyasiga shay.

Tayvanda saylovlar
Tayvanda saylovlar

“AQSh va Xitoy Tayvan bo’g’ozida tinchlik va barqarorlik bo’lishini istaydi. 2012-yil shundoq ham siyosiy voqealarga boy bo’ladi. Hozir Tayvan yuzasidan nizolashish vaqti emas”, - deydi mintaqashunos olim Aleksandr Xuang.

Shanxay bozorlarida
Shanxay bozorlarida

Rasmiy Pekin bu gal Tayvandagi saylovlar haqida lom-mim demayapti. 1996-yilgi ziddiyatlarni yodga olsak, Xitoy o’shanda orol atrofida harbiy mashqlar o’tkazgan. AQSh bunga javoban harbiy kemalarini mintaqaga safarbar etgan edi.

Hozir AQSh ham, Xitoy ham ichki siyosiy masalalar bilan band. Kuzda Kommunistik partiya rahbariyati syezd ketidan iste’foga chiqadi. Amerikaliklar esa prezidentga ovoz beradi.

Vashington so’nggi payt Osiyo bilan aloqalarga e’tiborni kuchaytirgan.

Barak Obama
Barak Obama

“Osiyo-Tinch okeani mintaqasida harbiy salohiyatimizni oshiramiz”, - deydi prezident Barak Obama.

Bu degani, Iroq va Afg’onistondan qo’shinlar olib chiqilayotgan bir paytda Yaponiya va Janubiy Koreyadagi yirik bazalar saqlab qolinadi. Avstraliyada yangilari ochiladi.

Ushbu strategiya Janubiy Xitoy dengizida tartib va tinchlikni saqlash, shuningdek, Eron kabi davlatlarning savdo yo’llarini to’sish harakatlarini oldini olishga qaratilgan.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Liu Veyminning ta’kidlashicha, AQSh Xitoydan xavfsirashiga hech qanday asos yo’q. “Biz olib borayotgan harbiy islohotlar mudofaa uchun, shuningdek, region xavfsizligi uchun qilinmoqda”, - deydi u.

Xitoyning da’vosi shuki, bu yerdagi hududiy tortishuvlarni hal qilish Amerikaning ishi emas. Janubiy Xitoy dengizi atrofidagi orollarga bir necha davlat da’vogarlik qiladi. Muammoni yechishda Vashington yordam taklif qilgan.

Shi Tsinping, Xitoyning bo'lajak prezidenti
Shi Tsinping, Xitoyning bo'lajak prezidenti

Gong-Kong Universiteti professori Alexandro Reyes oradagi so’z urushidan hayron emas.

“Xitoyning o’rnida bo’lsangiz, “Amerika bizni nazorat qilishga harakat qilayaptimi yoki qo’shnilarimizni bizga qarshi qayrayaptimi” degan asosli savol tug’iladi”, - deydi professor.

Bunday savollarga javob topish - Xitoy hukumati qoshidagi xalqaro aloqalar instituti zimmasida.

Institut olimi Ku Shing deydiki, yaqin yaqingacha Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga befarq bo’lgan Qo’shma Shtatlar birdaniga qiziqish bilan qaray boshladi. “Ziddiyatlar shundan”, - deya qayd etadi u.

Savdo-tijoratda ham Amerika va Xitoy bir-biriga juda yaqin, ammo valyuta siyosati va mualliflik huquqi kabi masalalarda anchadan beri janjallashib keladi. Oq uyga da’vogarlar bundan foydalanib, Xitoyni tanqid qilib, tarafdor orttirmoqda.

Iqtisodchilarning aytishicha, Xitoy o’z valyutasi yuan qiymatini sun’iy ravishda pasaytirib, dunyoga arzon mol sotadi. Eksport hisobiga daromadi zo’r.

AQSh Osiyoga e'tiborni oshirar ekan, Xitoy raqobatga tayyor
AQSh Osiyoga e'tiborni oshirar ekan, Xitoy raqobatga tayyor

Prezidentlikka yetakchi nomzod Mitt Romni, “Agar saylansam, birinchi kundayoq Xitoyni g’irrom deb e’lon qilamiz, mahsulotiga tariff qo’yamiz”, deydi.

Rasmiy Pekin nazarida yuan qiymatini tanqid qilish o’rinsiz. “Sizda kamomad oshib borayotgan bo’lsa, bizda nima ayb?”, deya javob qiladi rasmiylar.

“AQShning byudjet kamomadi oshib boraveradi. Gap Xitoyda emas, balki amerikaliklar iste’molchi jamiyat ekanida, xarajat daromaddan ko’pligida”, - deydi tadqiqotchi Ku Shing.

Kelishmovchiliklarga qaramasdan, orada turli dasturlar, bordi-keldi davom etayapti. AQSh Moliya vaziri Tim Gaytner yaqinda Pekinda bo’ldi. Xitoyning bo’lajak prezidenti Shi Tsinping ham yaqin orada Vashingtonga tashrif buyuradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG