Breaking News

Xitoy sarmoyasidan kim foyda ko'rmoqda? Tojikistondan reportaj


Xitoy sarmoyasidan kim foyda ko'rmoqda? Tojikistondan reportaj
Xitoy sarmoyasidan kim foyda ko'rmoqda? Tojikistondan reportaj

Xitoy so’nggi 10 yilda Markaziy Osiyoda nufuzini mustahkamlab oldi. Hozir mintaqada Rossiya, Yevropa Ittifoqi yoki AQShga qaraganda kattaroq mavqega ega. Bugun u asosiy sarmoyador va biznes hamkor.

Energetika, savdo, geosiyosat va madaniy sohalarda Xitoyning mintaqaga ta’siri kuchayib bormoqda. Ba’zilar buni uzoqni ko’zlovchi, puxta siyosat deydi.

Kiritilgan pul bilan birga xitoyliklar ham oqib kelmoqda.

Din ahli bu davlat sarmoyasiga shubha bilan qaraydi. Ular fikricha, hech kim beg’araz ish qilmaydi. Dinsizlik omili, genofondga zarar ular.

“Kelib o’zbek, tojikka uylansa, kelajakda bir mushkulot bo’ladi. Rossiyada bir million mehnat muhojiri bo’lsa, yarmi yigit. Natijada bizdagi xotin-qizlar xitoyliklar bilan turmush quradi”, - deydi ulamolardan biri.

Boshqalar nazarida Tojikiston zaif, iqtisodi bo’sh, qo’shnilarga qaramligi va korrupsiya Xitoyga qo’l kelmoqda.

Marhamat, tinglang:

XS
SM
MD
LG